Poytaxtda “UZ-NLP Challenge” xakatoni oʻz yakuniga yetdi

23–25-dekabr kunlari Toshkentdagi Amity Universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish  Ilmiy-Tadqiqot Instituti hamda “UZINFOCOM” Yagona integratori hamkorligida tashkil etilgan “UZ-NLP Challenge” sun’iy intellekt xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Xakaton – bu vaqt cheklangan musobaqa boʻlib, unda jamoalar maʼlum vaqt oraligʻida mahsulot prototipini yoki startap loyihasini yaratishi kerak. Ushbu xakaton yoshlar o‘rtasida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar doirasida tashkil etilgan boʻlib, jumladan, o‘tkazilgan xakatonlar: Voice AI Challenge va Computer Vision Challenge.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev, IT Park direktori o‘rinbosari Maxliyo Muksinova, Toshkentdagi Inha Universiteti rektori Muzaffar Jalalov, Toshkentdagi Amity Universiteti rektori Bobur Abdullayev, hamda, “UZINFOCOM” direktori o‘rinbosari Anvar Mansurov ishtirok etdilar.

Tadbir sun’iy intellektga bag‘ishlangan. Ishtirokchilar oʻzbek tilidagi ovozli maʼlumotlar asosida ilova, bot, dastur yoki boshqa dasturiy mahsulot yaratish talab qilingan edi.

Umuman olganda, xakatonga Ozbekistondan 350 dan ortiq ariza kelib tushdi, ulardan 48 ta jamoa tuzildi va xakaton hakamlar hayatiga loyihalarning final namoyishi uchun 27 ta jamoa oʻtdi.

 Ishtirokchilar orasida quyidagilar boʻldi: 

  • 50% dasturchilar;
  •  21% loyiha menejerlari;
  •  12% dizaynerlar.

Tanlov ishtirokchilari sunʼiy intellekt boʻyicha ekspertlar yordamida oʻz loyihalarini amalga oshirish va minimal hayotiy mahsulotni yaratish imkoniyatiga ega boʻldilar.

8 ta yuqori malakali sunʼiy intellekt mutaxassislari ishtirokchilarga mahsulot yaratishda yordam berishdi. 

Hakamlar hayʼatining baholash natijalariga koʻra, xakaton gʻoliblari boʻldi:

  • 1-oʻrin: “Tzeentch” jamoasi – “Alisaxon” ovozli yordamchisi, u trigger soʻzi orqali odamning ovozidagi xavotirni aniqlashga va tezda yordam berishga koʻmaklashadi;

  • 2-o‘rin: “Cookies” jamoasi – You Tube’dan istalgan videoni o‘zbek tiliga real vaqt rejimida tezkor tarjima va ovozli ijro qilib berish uchun sayt;

  • 3-orin: OzbekSado jamoasi ovoz yordamida tez va soddalashtirilgan tez yordam chaqirish tizimi.

Uchta eng yaxshi loyiha tashkilotchilar tomonidan texnika korinishidagi qimmatbaho sovgalar bilan taqdirlandilar (1-orin HP Victus noutbuklari; 2-orin Apple planshetlari (iPad); 3-orin Xiaomi Redmi Note 11 Pro smartfonlari).

2022-12-25