President Tech Award tanlovi Demo Day tadbirining ikkinchi kunida ishtirokchilarni nimalar kutmoqda

24–noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosining Konferensiyalar zalida umumiy sovrin jamgʻarmasi $1 million boʻlgan “President Tech Award” tanlovining “Demo Day” tadbiri yakunlanadi.

Demo Dayʼning yakuniy kunida “Plug and Play”, “Global Venture ZF Group”, “Microsoft for Startups”, “Unicorn Next”, “iDos Games”, “Yu Capital”, “USC Ex–Epic Games”, “Microsoft & Amazon”, “Nomadic Minds” va “Google” kompaniyalarining mutaxassislari tomonidan seminarlar boʻlib oʻtadi.

Shu kuni jamoalarning yakuniy taqdimotlari boʻlib oʻtadi, unda ular nafaqat oʻzlarining texnologik imkoniyatlarini, balki kelajak haqidagi tasavvurlarini ham namoyish etadilar. Tanlov gʻoliblari keyinroq (qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi) oʻtkaziladigan onlayn ovoz berish natijalariga koʻra aniqlanadi.

Tadbir dasturi:

09:30 – 10:00 — Ochilish marosimi va ishtirokchilarni roʻyxatga olish

10:00 – 11:00 — Seminar: GameDev uchun biznes asoslari

11:00 – 11:30 — Seminar: Markaziy Osiyoda GameDev

11:30 – 12:00 — Seminar: loyihalarni kengaytirish uchun “Google Cloud” arxitekturasi

12:00 – 12:30 — Seminar: “Google Cloud” yordamida sunʼiy intellekt mahsulotlarini yaratish imkoniyatlari.

12:30 – 13:00 — Seminar: Qanday qilib mukammal taqdimot tayyorlash mumkin?

14:00 – 14:15 — Asosiy tadbirlar va homiylar

14:15 – 14:30 — Maʼruzachi nutqi: Karolina Vays

14:30 – 14:45 — Maʼruzachi nutqi: Zheng Yu Huang

14:45 – 15:00 — Maʼruzachi nutqi: Mark Lyubke

15:15 – 16:15 — 25 finalchining taqdimotlari

16:15 – 16:45 — Yakunlovchi nutq

16:45 – 18:00 — Netvorking

 

2023-11-23