Prezident Tech Award tanlovi hakamlar hayʼati aʼzolarining taqdimoti

Umumiy sovrin jamgʻarmasi $1 millionni tashkil qiluvchi “Prezident Tech Award” tanlovining yakuniy “Demo Day” kunida startap loyihalarni baholovchi hakamlar hayʼati aʼzolarini eʼtiboringizga taqdim etamiz. Hakamlar hayʼati turli sohalardagi yetakchi mutaxassislarni oʻz ichiga oladi.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari:

  • Andrea Azzolari: VC Investor — Plug and Play
  • Dr. Nabil Haj-Ahmed: Partner Engineer — Google

Ijtimoiy yoʻnalishdagi raqamli texnologiyalar:

  • Julia Youngs: Senior Director Microsoft for Startups/Alithi Management Consulting

Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari:

  • Enes Turan: Google Developer Expert; Cloud Platform Engineer at Acedemand Consulting; Certified Professional Cloud Architect

Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar:

  • Chjen Yuy Xuan: Chairman — Yu Capital
  • Teodora Preda: Early Stage Investor — Plug and Play
  • Mark Lyubke: Head of Global Venture — ZF Group

Kompyuter va mobil oʻyin dasturlari:

  • Mayk Fisher: Professor of Interactive Media – University of Southern California Interactive Media Executive, Consultant, Advisor and Educator (Former Microsoft, Amazon, Epic Games executive)
  • Aleksey Shegay: CEO / Co-Founder — iDos Games

Shuningdek, venchur investorlar:

  • Karolina Vays: Partner — Plug and Play
  • Franchesko Krakolichi: CEO & GP — Nomadic Minds

Hakamlar hayʼati startap-loyihalarni 10 ta mezon asosida baholaydi:

  • Maqsadli bozor
  • Muammo yoki ehtiyoj
  • Yechim
  • Jamoa, direktorlar kengashi, maslahatchilar
  • Jalb qilish
  • Raqobat va raqobatdosh ustunliklar
  • Daromad modeli
  • Strategiya
  • Moliyaviy prognozlar
  • Umumiy taqdimot/savol-javob

Har bir mezon besh balli tizimda baholanadi.

Eslatib oʻtamiz, yakuniy bosqich — Demo Day — 23 va 24-noyabr kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligining Konferensiyalar zalida boʻlib oʻtadi:

  • 23-noyabr kuni barcha beshta yoʻnalish boʻyicha taqdimotlar boʻlib oʻtadi, unda salohiyatli gʻoliblar aniqlanadi;
  • 24-noyabr kuni taklif etilgan ekspertlarning chiqishlari va jamoalarning yakuniy taqdimotlari boʻlib oʻtadi.

Tanlovdan oʻtolmagan jamoalar “Plug and Play” ekspertlaridan startaplarini yaxshilash imkoniyatini beruvchi fikr-mulohazalarni olish imkoniga ega boʻlishadi.

24-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan tadbirning yakuniy kunida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirish talab qilinadi: https://forms.gle/5YUgqszF3nrUbKGi9

2023-11-22