Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida o‘quv seminari tashkil etildi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida IT Park Qashqadaryo viloyati filiali xodimlari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda 60 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida IT Park viloyat filiali xodimlari va soha mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga startap loyihalari va “AloqaTechLab” dasturi bo‘yicha ma’lumot berildi. Bundan tashqari, ma’ruzalar davomida IT Market platformasi hamda IT Park rezidentiga aylanish talablari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Qizg‘in munozaralar bilan davom etgan seminarda Universitet talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib IT Park tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan ham qiziqishdi.

Talabalarning ta’kidlashicha, bunday seminarlarni o‘tkazish ularga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga, qolaversa, IT olamiga chuqurroq kirib borishga turtki bo‘ladi.

2022-04-20