29-iyun kuni Qarshi shahrida ilk BPO markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda IT Park vakillari, AKT vazirligi viloyat boshqarmasi xodimlari, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etdi.
Yangi markaz “MAAB INNOVATION” kompaniyasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, AQShda BI (business intelligence) sohasida xizmatlar ko'rsatish uchun yaratilgan. Endilikda markazning BPO-maktabi esa o‘nlab yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Bugungi kunda maktabda 20 nafardan ziyod yoshlar tahsil olib bormoqda va BPO-maktabning eng yaxshi bitiruvchilari kafolatli ish bilan taʼminlanib, BPO-markazga ishga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, markazning asosiy maqsadi yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlar eksportini oshirishdan iborat.
2022-07-06