Joriy yilning 13-14-iyun kunlari “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining uchta viloyatida kibersport turnirlari bo‘lib o‘tdi.
Turnirlar Qashqadaryo, Samarqand va Andijon viloyatlarida o‘tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Counter-Strike”, “FIFA 2020” va “DOTA” yo‘nalishlari bo‘yicha turnir o‘tkazildi.
Musobaqada 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, shu jumladan, o‘rta maktab o‘quvchilari, OTM talabalari hamda kibersportga qiziqadigan yoshlar ishtirok etishdi.
Musobaqada ro‘yxatdan o‘tgan 600 ta yoshlar orasidan 242 tasi ishtirok etdi.
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan musobaqa natijalari:
- TATU Samarqand filiali 3-bosqich talabasi A.Toxirov "FIFA 2020" yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi
- Counter-Strike - Samarqandlik “Honey Lova” jamoasi,
- “DOTA” - TATU va BDIRU Samarqand filiali qo‘shma fakulteti talabalari.
Tadbir yakunida g‘oliblarga noutbuklar, planshetlar, smartfonlar, ishtirokchilarga esa esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
Andijon viloyatida viloyat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi, Andijon shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Counter Strike yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqalarini tashkil etdi.
Andijon viloyatida o‘tkazilgan musobaqa natijalari:
1-o‘rinni "Carrigan PRO" jamoasi egalladi;
2-o‘rinni "MYU" jamoasi egalladi;
3-o‘rinni "Kamolot 2017" jamoasi egalladi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi IT Markazda Qashqadaryo viloyati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi tomonidan shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda CS:GO yo‘nalishi bo‘yicha kibersport turnirlari bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan musobaqa natijalari:
1-o‘rinni “Stargame” jamoasi egalladi
2-o‘rinni “UzWar” jamoasi egalladi,
3-o‘rinni “IT-Kesh” jamoasi egalladi.
G‘oliblarga Redmi 9A smartfonlari topshirildi.
2021-06-16