2021-yilning 9-fevral kuni Qashqadaryo OTMlarining talabalari uchun “Startapning muvaffaqiyatga erishish yo‘li: g‘oyadan tortib to‘laqonli kompaniyaga qadar” mavzusida vebinar o‘tkaziladi.
Vebinarda “Carwon” startapi asoschisi, IT Park akseleratsiya dasturi ishtirokchisi hamda Toshkent davlat iqtisodiy universiteti qoshidagi inkubatsiya markazi koordinatori Jamshid Ergashev spiker sifatida ishtirok etadi.
Vebinar davomida Jamshid o‘zining startapini ishlab chiqishda bosib o‘tgan yo‘li, IT Park akseleratsiya dasturidan orttirgan tajribasi, shuningdek, ushbu dasturning afzalliklari haqida so‘zlab beradi.
Vebinarga ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/28hTGCugqrQHBxRP7
Sana: 2021-yil 9-fevral
Soat: 14:30
2021-02-05