Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 100 dan ortiq o‘qituvchilari “One Million Uzbek Coders” doirasida tashkil etilgan seminarlarda ishtirok etishdi!

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 100 dan ortiq umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, shuningdek, IT Markazlarining 30 nafar o‘qituvchilari 2021-yilning 10 va 12-fevral kunlari tashkillashtirilgan “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminarlarda ishtirok etishdi.

Seminarlar IT Park o’quv loyihalari metrikalarini monitoring qilish bo’yicha bosh mutaxassis Nodira Raximjonova va IT Park metodisti Inom Bakiev olib borishdi.

Seminar davomida o‘qituvchilar “One Million Uzbek Coders” dasturi bo‘yicha talabalarga samarali ta’lim berish va ma’lumot yetkazish, shuningdek, o‘qituvchilar loyihaning o‘zlari uchun afzal tomonlari haqida ma’lumot olishdi.

2021-02-17