Qashqadaryo viloyati hokimi IT Park yosh dasturchilari loyihalari bilan tanishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev va tashqi savdo va investitsiyalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Oybek Shagazatov IT Park’da o‘z loyihalarini amalga tatbiq etish istagida bo‘lgan yosh dasturchilar bilan uchrashdi. 

Ishtirokchilar bir qator innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar qilishdi, chunonchi:

- dasturlash;
- robototexnika;
- veb dizayn; 
- qishloq xo‘jaligi, xususan baliqchilikni raqamlashtirish;
- animatsion filmlarni yaratish.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, uning ishtirokchilari yosh xodimlar loyihalarini yirik tuman va viloyatlarda kelgusida amalga oshirish hamda sinovdan o‘tkazishi uchun zarur yordam va tavsiyalar olishlariga kelishib olishdi.

2020-09-26