Qashqadaryo viloyati Hokimligining delegatsiyasi IT Park’ga tashrif buyurdi!

2020-yilning 5-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Hokimligining delegetsiyasi viloyat hokimi boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan IT-park’ga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev, IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park direktorining startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari Abdulaxad Qoʻchqorov, Toshkent shahar hokimining AKT boʻyicha oʻrinbosari Sardor Abdullaev va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv
davomida Farhod Ibragimov delegatsiyaga IT Park faoliyati, tashkilotnining asosiy gʻoyasi, uning afzalliklari va istiqbollari toʻgʻrisida malumot berdi. Shuningdek, muvaffaqiyatli IT-mutaxassis boʻlishga kuchi yetadigan Oʻzbekiston yoshlarining potensiyali haqida soʻzlab berdi.

Bundan tashqari, IT Park direktori mehmonlarga IT Parkning Qashqadaryoda qurilayotgan bolgʻusi filiali haqidagi qisqacha videorolikni namoyish etdi va uning konseptsiyasi haqida aytib berdi.

Uchrashuv soʻngida mehmonlarga ekskursiya oʻtkazildi.
Suningdek, ekskursiya davomida mehmonlar 2022-yilda yakunlanish arafasida turgan IT Parkning boʻlgʻusi kompleksi bilan tanishdilar.

2020-12-06