Qashqadaryo viloyati OTMlari qoshidagi inkubatsiya markazlari koordinatorlari malaka oshirishdi

2021-yil 27-28 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatidagi OMTlar qoshidagi inkubatsiya markazlari koordinatorlari malaka oshirdi. Ular o‘qish jarayonida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, turli startap-tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, markaz binosi va manbalarini to‘g‘ri muvofiqlashtirish, startap bazasi bilan ishlash, startap loyihalariga maslahat berish, IT vositalaridan foydalanish va shu kabi boshqa narsalarni o‘rganishdi.

Quyidagi universitetlarning koordinatorlari malaka oshirdi:

- Qarshi davlat universiteti;

- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

- al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali;

- Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali;

- Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali;

- Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz

Taklif qilingan mutaxassislar:

- Tadbirkor, Kembrij o‘quv markazlari va Modme texnologik startap-loyiha asoschisi - Jahongir Po‘latov;

- Ucell Akseleratori ishtirokchisi, «MobiGruz» startap loyihasi asoschisi - Axrora Valixonova;

Eslatib o‘tamiz, oliy o‘quv yurtlari qoshida inkubatsiya markazlarini ochishdan asosiy maqsad — bu iqtidorli yoshlar orasida yaratilayotgan innovatsion markazlar soni va sifatini oshirishdir.

Inkubatsiya markazlarning uzoq muddatli maqsadlari va vazifalari quyidagilardan iborat:

- mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish;

- O‘zbekistonda yuqori innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish;

- innovatsion yo‘nalishdagi kichik biznesni rivojlantirish, talabalarga loyihalar bo‘yicha faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash;

- talabalar va tajribali mutaxassislar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yo‘lga qo‘yish;

- yangi ish o‘rinlari yaratish.

Qashqadaryo viloyatidagi OTMlar huzurida inkubatsiya markazlarini tashkil etish “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2020-yil 24-noyabrdagi 02-3310-sonli topshirig‘ida, Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki Inkubatsiya markazlarini tashkil etish” hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qarori doirasida amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun:

Hozircha Qashqadaryo viloyatida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 1 ta inkubatsiya markazi ochilgan.

Umuman olganda Qashqadaryo viloyatining yana 5 ta OTMda inkubatsiya markazlarini ochish rejalashtirilgan:

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali;

-  Qarshi davlat universiteti ;

-  Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali;

-  Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali;

-  Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali;

Toshkentda hozirgi kunga qadar 5 ta universitetning inkubastiya markazlari ochilishi bo‘lib o‘tdi:

- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;

- G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali;

- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

-  Toshkent shahridagi Inha universiteti;

- Toshkent shahridagi Amity universiteti;

- Toshkent moliya universiteti.

Ushbu markazlarda startap loyihalarni yanada rivojlantirish uchun arizalarni qabul qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Yaqin kunlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahridagi Vebster universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida inkubatsiya markazlari ochilishi kutilmoqda.

2021-01-29