2022-yil 14-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi IT-Markazining iqtidorli xodimlari davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar.
Birinchi stipendiya sohibi, Qarshi tumani IT-Markazning menejeri Isomiddinov Ma’rufjon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Ushbu stipendiya Ma’rufjonga O‘zbekistondagi istalgan OTMʼda byudjet asosida magistratura bosqichida o‘qish imkonini beradi.
Ayni damda Ma’rufjon Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialining oxirgi kursida tahsil olmoqda. Izlanuvchan va tashabbuskor yigit jamoat ishlarida faol ishtirok etib, hozirda universitetning «Dasturiy injiniring» kafedrasi qoshida tashkil etilgan «Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash» to‘garagi a’zosi. Bundan tashqari, u 40 dan ortiq dasturiy mahsulotlar va 18 ta maqola muallifi.
Ikkinchi stipendiya sohibasi Qarshi viloyat IT-Markazining ta’lim bo‘yicha mutaxassisi – Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori Zarina Mansurova. Ayni damda Zarina Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali 4-kurs talabasi bo‘lib, ijodiy ishlar bilan faol shug‘ullanadi.
Mashaqqatli mehnat va iste’dod tufayli, u 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IT Parkʼning «One Million Uzbek Coders» loyihasida faol ishtirok etganlik sertifikatiga ega bo‘ldi.
Qolaversa, harakatchanli va iqtidorli Zarina 2019-yilda Sungyunkwan Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan tashkil etilgan «2019 World Friends ICT SKKU Volunters» loyihasining ishtirokchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq har yili mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol ijodiy faoliyat, iqtidorli talabalar, talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib taqdirlash keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2022-02-18