Qulix kompaniyasi .NET Core dasturlash kursini boshlamoqda

IT Park rezidenti, Qulix xalqaro autsorsing IT kompaniyasi Toshkentda .NET dasturlash kursini ishga tushirmoqda. Kurs 4 oy davom etadi va rus tilida onlayn va oflayn formatda olib boriladi.

Qulix mashgʻulotlarga faqat texnik mutaxassisliklar (IT texnologiyalari va tegishli yoʻnalishlar) va C# dasturlashning asosiy koʻnikmalariga ega boʻlgan talabalarni qabul qiladi.

Talabalar koʻp qatlamli ASP.NET Core MVC ilovalarini amalga oshirish, RESTfull WebAPI xizmatlarini yaratish, dasturiy taʼminotni ishlab chiqishda TDD yondashuvini qoʻllash va boshqa bilimlarni oʻrganadilar.

Taʼlim kompaniyaning mentori — xalqaro loyihalarda boy tajribaga ega dasturiy yechimlar arxitektori tomonidan olib boradi.

Oʻqishni tugatgandan soʻng, Qulix talabalari tavsiyanomaga ega boʻladilar va kompaniyaning kadrlar zaxirasiga kirishadi. Agar oʻsha paytgacha Qulixʼda ochiq vakansiyaga ega loyiha paydo boʻlsa, uni eng yaxshi bitiruvchi egallaydi. Agar sinov muddatidan muvaffaqiyatli oʻtsa, unga oʻqish uchun sarflagan puli qaytariladi.

Havola orqali roʻyxatdan oʻting va kurs haqida batafsil maʼlumot oling.

2023-09-11