“Raqamli avlod” tanlovi

202-yilning 26-fevral kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida 11-sinf oʻquvchilari orasida tanlov boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini oshirish va ularning dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshga muhim tashabbusning uchinchi bandiga muvofiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining shahar va viloyat boshqarmalari, shuningdekm Olmazor tumani xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Raqamli avllod” deb nomlangan tanlov oʻtkaziladi.

Toshkent shahri Olmazor tumanida “Bilim” axborot-resurs markazi va “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” qoshida ochilgan Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon nomidagi kutubxona binosida mazkur tumandagi maktablarning 11-sinflarida tahsil oladigan oʻquvchilar orasida kompyuter savodxonligi boʻyicha tanlov boʻlib oʻtdi.

Unda jami 31 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinflarida oʻqiydigan 31 nafar oʻquvchi qatnashdi. Tanlov ikkita bosqichdan tashkil topdi. Birinchi navbatda ishtirokchilar MS Excel, MS Word dasturlarida amaliy vazifalarni bajarishdi. Ikkinchi bosqichda esa maktabda kompyuter savodxonligi boʻyicha olingan bilimlarini tekshirish uchun onlayn-test topshirishdi.

Yoshlar orasida kompyuter savodxonligini oshirish, ularning axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish mazkur tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsaddir.

Ushbu joʻshqin va murosasiz tanlovda oʻquvchilar oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish qilishdi, amaliy va test topshiriqlarini aʼlo darajada bajarishdi. Tanlov davomida hakamlar hayʼati oʻquvchilar bajargan ishlarni baholab borishdi.

3 nafar oʻquvchi “raqamli avlod” tanlovi doirasida oʻzlarining nazariy va amaliy bilimlarini namunali darajada namoyish qilishdi va faxriy oʻrinlarni egallashdi, jumladan:
1-oʻrin —  28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 11-B sinf oʻuvchisi — Abdullayev Muhammadroziyxon Mahmudxon oʻgʻli
2-oʻrin — 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 11-А sinf oʻuvchisi — Oʻtkirov Jahongir Maʼmurjon oʻgʻli
3-oʻrin — 185-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 11-A sinf oʻquvchisi Umarov Dilmurod Dilshod oʻgʻliga nasib qildi.

Tanlov gʻoliblari medal, diplom va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi, “Oʻzbektelekom” AJ filiali, “UzMobile” hamda Olmazor tumani xalq taʼlimi boshqarmalarining esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi. Shu bilan bir qatorda, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi 31 nafar oʻquvchiga “kompyuter savodxonligi” ixtisosligi boʻyicha bir oylik bepul taʼlim uchun vaucherlar taqdim etdi.

Tanlov yakunida Vazirlikning Toshkent shahar boshqarmasining bosh mutaxassisi Sh. Kadirshyev tanlov ishtirokchilarini tabriklab, ularga kelgusida axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi bilim va koʻnikmalarini takomillashtirishni tiladi va mamlakatimizda keng miqyosda oʻtkazilayotgan “One million Uzbek  Coders” loyihasi hamda unda qatnashish istagini bildirgan yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib oʻtdi.

2020-03-02