5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida Amerikaning Exadel kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda raqamli sanoatni rivojlantirishga qaratilgan Exadel kompaniyasi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan Bosh direktori Farxod Ibragimov, Ijrochi direktor Abdulahad Qo‘chqorov ishtirok etdi.
Exadel kompaniyasi tarkibida Bosh direktor Ulrix Otto, Ijrochi direktor Elena Krukovskaya va O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yuliya Yakovleva tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda dastlab mehmonlar IT Park faoliyati va Raqamli texnologiyalar vazirligining vazifalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, shu kunlarda bo‘lib o‘tadigan Digital Lidership forumi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha chora-tadbirlar rejalari muhokama qilindi, ular doirasida Exadel oʻz faoliyatini kengaytirish maqsadida Oʻzbekistonda oʻzining mintaqaviy markazini yaratish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi. Raqamli texnologiyalar vazirligi Exadel mijozlari uchun maxsus tur tashkil etishni muvofiqlashtirishga tayyorligini va ularning O‘zbekistonga kelishidan mamnun ekanligini bildirdi.
Tomonlar samarali muhokamalar uchun minnatdorchilik bildirib kelgusida hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Exadel bilan strategik hamkorlik mamlakatning texnologiya sohasini rivojlantirish va yangi sarmoyalarni jalb qilishga yordam beradi, chunki kompaniya dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va IT xizmatlari bo‘yicha boy tajribaga ega.
Ma’lumot o‘rnida:
Exadel - bu dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va IT-konsalting bilan shugʻullangan xalqaro IT-kompaniya. Kompaniyaning asosiy faoliyat turlari migratsiya, korporativ ilovalarni optimallashtirish va ishlab chiqish, ularni sinovdan o‘tkazish va sifatini nazorat qilishdan iborat.
Kompaniyaning shtab-kvartirasi AQShning Kaliforniya shtatidagi Valnut-Krikda joylashgan. Hozirgi kunda kompaniyaning ishlab chiqish markazlari 6 ta davlatda faoliyat yuritmoqda va uning 1000 dan ziyod xodimlari mavjud. Exadel 2007- yildan beri Hi-Tech Parkning rezidenti bo‘lib, HTP dasturiy ta’minotini ishlab chiqaruvchilarning o‘ntaligidan joy olgan.
Exadel vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va u hozirda IT Park rezidenti hisoblanadi. Bugungi kunda Exadelning O‘zbekistondagi filialida 50 ga yaqin kishi faoliyat olib boradi. Yil oxiriga qadar ularning sonini 100 taga yetkazish ko‘zda tutilga
2023-07-06