2022-yil 24-fevraldan 6-martgacha “mGovAward” tanlovi doirasida yoshlar bilan oflayn uchrashuvlar o‘tkaziladi. Uchrashuvda ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari bilan shaxsan uchrashib, ular bilan muloqot qilishlari, tanlov bilan yaqindan tanishishlari, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari, viktorinada ishtirok etishlari va esdalik sovg‘alarini yutib olishlari mumkin bo‘ladilar.
Uchrashuv jadvali:
Farg‘ona: 24-fevral 11:00;
Andijon: 24-fevral 15:30;
Namangan: 25-fevral 10:00;
Yangibozor: 25-fevral 17:00.
Toshkent shahri – 26-fevral:
INHA Universiteti: 10:00;
Amiti Universiteti: 12:00;
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti: 15:30;
Guliston: 28-fevral 10:00;
Jizzax: 28-fevral 15:00;
Samarqand: 1-mart 10:00;
Qarshi: 1-mart 15:30;
Buxoro: 2-mart 11:00;
Navoiy: 2-mart 15:00;
Urganch: 3-mart 11:00;
Nukus: 3-mart 15:00;
Termiz: 5-mart 10:00.
Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi:
1-o‘rin – $50 000;
2-o‘rin – $30 000;
3-o‘rin – $20 000.
Koʻrishguncha!
Roadshow-da ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/ee3xLD69XW5CmaBa7
Eslatib oʻtamiz, “mGovAward 2021” – bu keng koʻlamli respublika tanlovi boʻlib, uning ishtirokchilari 8 ta yoʻnalishdan biri boʻyicha mobil ilovani yaratishlari kerak:
1. Taʼlim;
2. Sogʻliqni saqlash;
3. Turizm;
4. Transport va logistika;
5. Tadbirkorlik;
6. Ekologiya va toza energiya;
7. Moliya va soliqlar;
8. Qonunchilik.
2022-02-17