Rossiya startaplari Oʻzbekiston bozoriga chiqishmoqchi

2019-yil 30-oktabr kuni IT-Park Rossiya startaplari – Craft Talk, Ideas-World, Fermata, SOL, Push4site, Printum uchun konsultatsiya oʻtkazdi.

IT-Parkda FinTech yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston IT-bozoriga kirishga qiziqish bildirgan Rossiyaning startap kompaniyalari uchun konsultatsiya boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda soʻnggi bir yil ichida moliya, tadbirkorlik, iqtisodiyot va sogʻliqni saqlash sohalariga taʼsir koʻrsatgan Oʻzbekiston Respublikasi IT sohasidagi ulkan oʻzgarishlar alohida taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, quyidagilar borasida alohida toʻxtalib oʻtildi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining soliq tizimi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining kadrlar salohiyati;
  • IT-Parkda venchur moliyalashtirish;
  • IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari;
  • IT-Parkning xalqaro hamkorlari.
This image has an empty alt attribute; its file name is img_4820-1024x683.jpg

Shuningdek, Rossiyalik startaplarning vakillari IT-Park qoshidagi qarorgohlarga ham qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar qoʻshma hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Eslatib oʻtamiz, IT-Park nafaqat mahalliy startaplar va investorlarni, balki xorijiy IT-kompaniyalar va Oʻzbekiston bozorini bir-biriga bogʻlovchi boʻgin hisoblanadi. Biz xorijiy kompaniyalar, vakolatxonalar va tashkilotlarga Oʻzbekiston bozoriga kirishga va birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida har tomonlama IT-ekotizimni yaratishga yordam beramiz.

Fermata – real vaqt tartibida oʻsimliklarning holatini kuzatish uchun apparat-dasturiy majmuadir.

Push4site - shaxsiy maʼlumotlarga ega boʻlmagan foydalanuvchilar uchun marketingni avtomatlashtirish xizmati.

CraftTalk - mijozlar bilan muloqot qilish uchun omnikanal AI platformasi.                                                                                                                        

IW Group - masofaviy bank xizmatlari (mobil ilovalar va internet-banking) tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish.

SOL (Surdo-online) – masofali video surdo tarjima (imo-ishora tarjimasi) platformasi.

Printum - bu printerlar va MFPlarni monitoring va tahlil qilishning chop etish xarajatlarini 40 foizgacha kamaytirishga imkon beradigan tizimi.

2019-11-01