Samarqanddagi IT Park filialida boshlang‘ich tadbirkorlar uchun bepul vorkshop tashkillashtirildi!

2021-yil 25-yanvar kuni Samarqandda joylashgan IT Park filialida

Samarqanddagi IT Park filiali tomonidan Business Innovation Center bilan hamkorlikda “Biznesga birinchi qadam” mavzusida vorkshop bo‘lib o‘tdi.

Vorkshop o‘z startapi yoki biznesini yaratmoqchi bo‘lganlar hamda tajribali mutaxassis maslahatiga muhtojlar uchun tashkil etildi.

Vorkshopni mahalliy tadbirkor va bir vaqtning o‘zida Business Innovation Center asoschisi bo‘lgan Sadriddin Qarshiboyev olib bordi.

Vorkshopda Samarqanddagi maktab o‘quvchilari, kollej va OTM talabalari ishtirok etdi. Ular vorkshop davomida kichik biznesni qanday boshlash, nimadan boshlash, qanday qilib marketing strategiyasini tuzish va shu kabi boshqa qiziqarli narsalarni o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi.

Vorkshop so‘ngida ishtirokchilar spikerlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va natijada biznes to‘g‘risidagi juda ko‘p foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Qolaversa, vorkshop ishtirokchilariga Business Innovation Center tomonidan sertifikatlar topshirildi.

2021-01-28