Samarqandlik Python-lid Yevropada ishlash, haqqoniy maoshlar va mahalliy IT sanoatini rivojlantirish haqida

Nozir To‘xtamurodov Samarqandda tug‘ilgan, amaliyotchidan Python Tech Lead lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan, PhD ilmiy darajasini olgan va hozirda Yevropaning fintech-loyihasida faoliyat yuritmoqda. IT Park Uzbekistan va The Tech uchun bergan intervyusida u nega xalqaro karyerani tanlagani, mahalliy jamoalarning rivojlanishiga nima to‘sqinlik qilayotgani va yosh dasturchilarga faqat kod yozish emas, balki mahsulot yaratish uchun nimalar zarurligini so‘zlab berdi.  

Nozir To‘xtamurodov, Samarqand shahri — “Pointspay kompaniyasida Python Tech Lead, LinkedIn

O‘zim haqimda

Men Samarqand davlat universitetida ta’lim oldim: avval Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatda dasturlash asoslarini o‘rganib, keyin Axborot va multimedia texnologiyalari yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomladim. Universitetda ko‘proq nazariyaga e’tibor berilardi, ammo men amaliyotni xohlardim. Shu sababli, Python dasturlash tilini YouTube va dasturlash kitoblari orqali mustaqil ravishda o‘rgandim. Dasturlashga qiziqishim talabalik davridayoq boshlangan, amaliyot o‘tashni boshlab, magistraturaning ikkinchi kursida birinchi marotaba haq to‘lanadigan Junior Software Engineer lavozimida ishga joylashdim.        

Dastlabki qadamlarni Ilmiy-tadqiqot institutida qo‘yganman deyarli bepul. Keyin UPAYNET kompaniyasiga ishga joylashdim, so‘ngra davlat Fiskal institutida tizim administratori sifatida o‘zimni sinab ko‘rdim. Biroq tashkilotda byurokratiya, tushunarsiz jarayonlar va tanish-bilish juda ko‘p edi shuning uchun tez orada tark etdim.  

Navbatdagi bosqich — “Vronica GameDev kompaniyasi bo‘ldi, u yerda EdTech yo‘nalishi bilan shug‘ullana boshladim. Keyinchalik MarsIT” o‘quv markaziga o‘tdim aynan shu yerda biz jamoa bilan, mening fikrimcha, IT bo‘yicha bolalarni o‘qitishga mo‘ljallangan mamlakatdagi eng yaxshi o‘yinlashtirilgan EdTech platformalaridan birini yaratdik. Platforma hanuz faoliyat yuritmoqda: 3000 ga yaqin faol o‘quvchi va 10 000 dan ortiq bitiruvchiga ega.   

Toshkentdagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida tahsil oldim va Singulyarlik sharoitida ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish algoritmlari mavzusidagi tadqiqotim uchun PhD darajasini qo‘lga kiritdim.

Xalqaro faoliyat haqida

Qisqa muddat MigorskiyAI startap jamoasiga qo‘shildim.

Hozirda men Shveysariyaning “Pointspay” fintech-loyihasida Python Tech Lead sifatida ishlayman — bu mahsulot mijozlarga turli sodiqlik dasturlaridagi bonus ballar orqali onlayn xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. EPAM orqali ishlayman, ammo butun e’tiborim aynan Pointspay mahsulotiga qaratilgan.   

Platforma foydalanuvchilarga yig‘ilgan bonus ballarini minglab xalqaro onlayn-chakana sotuvchilarda ishlatish imkonini beradi, kompaniyalarga esa sodiqlik dasturlari integratsiyasi orqali o‘z auditoriyasini kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi. Pointspay sodiqlikni boshqarish sohasida yetakchilardan biri — “Loyalty Prime AG xoldingi tarkibiga kiradi.  

Biz kengaytiriladigan sodiqlik tizimini qurmoqdamiz: arxitektura, backend, integratsiyalar, Python tilidagi mikroxizmatlar. Ba’zan ma’lumotlar muhandisligi va DevOps sohalariga ham kirib borishga to‘g‘ri keladi — vazifaga qarab.  

Quvonarlisibizda “Meta” kompaniyasida tajriba orttirgan kuchli texnik direktor bor va u haqiqatan ham dasturchilarni tushunadi. Ish jarayoni aniq yo‘lga qo‘yilgan: agar uddalagan bo‘lsang zo‘r, uddalay olmasang hech kim bosim qilmaydi, aksincha, kelib: Kel, birga qilamiz deyishadi. Bu yerda hamma narsa insoniylik asosida. Jamoa va madaniyat — natijaga qaratilgan, nazoratga emas.  

Xorijdagi va mahalliy ish madaniyati o‘rtasidagi farq juda katta. Pointspay” kompaniyasida ekran oldida o‘tkazilgan vaqt emas, balki natija qadrlanadi”. O‘zbekistonda ko‘plab kompaniyalar hali ham haftasiga 6 kun ishlashadi, Yevropada esa to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish muhokama qilinmoqda. Besh kunlik ish haftasi — bu allaqachon standart, imtiyoz emas.     

O‘zbekistonda ko‘pincha natijaga emas, ish vaqtiga e’tibor beriladi. Yevropa kompaniyalarida esa aksincha: vazifani 3 soatda bajarmoqchimisiz? Juda soz. Qolgan vaqt — o‘zingizniki. Eng muhimi, vazifa bajarilgan bo‘lishi kerak. Bu yondashuvda ishonch nazoratdan ko‘ra ustun qo‘yiladi.  

Barchasini faqat ko‘nikmalar emas, balki ular haqida qanday gapirishingiz ham hal qiladi.

Men xalqaro kompaniyani tanladim, chunki unda: 

  • kuchli texnologik steklar
  • moslashuvchan ish jadvali
  • mikromenejmentsiz ish
  • Big Tech tomon rivojlanish imkoniyati
  • munosib maosh mavjud. 

Hayotdagi ko‘p narsalar Yaratganning irodasi bilan bo‘lishiga ishonchim komil. Agar biror narsa sizga haqiqatan ham nasib qilingan bo‘lsa, yo‘l albatta topiladi. Lekin, shubhasiz, amaliy jihatlar ham muhim rol o‘ynadi: kuchli kasbiy ko‘nikmalar, yaxshi ingliz tili bilimi va doimiy o‘rganishga bo‘lgan intilish.

Faqat kod yozishning o‘zi yetarli emas mahsulotning mohiyatini tushunish, o‘z nuqtai nazaringizni tushuntira olish va samarali yechimlarni taklif qilish muhimdir. Kengroq fikrlash zarur faqat dasturchi sifatida emas, balki mahsulot egasi kabi: bu kodni nima uchun yozayotganingiz, u qanday muammoni hal qilishi va foydalanuvchi uni qanday qabul qilishi haqida o‘zingizga savol berishingiz kerak.    

Yana bir muhim jihat ovoz chiqarib gapirishdan, g‘oyalar bilan o‘rtoqlashishdan qo‘rqmaslik kerak, hatto ular oxirigacha ishlab chiqilmagan bo‘lsa ham. Ko‘pchilik ahmoqona ko‘rinishdan qo‘rqib jim turadi, ammo o‘z vaqtida aytilgan birgina fikr butun loyihani o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xalqaro jamoalarda aynan shunday nafaqat muhandis, balki mahsulot yaratuvchisi sifatida fikrlaydigan insonlarni qadrlashadi.

Ingliz tilini men Samarqandda FastFluency til maktabida o‘rgana boshlaganman, hozirda u “Millennium nomi bilan tanilgan. Avvaliga o‘quvchi edim, keyinchalik esa bakalavr paytidayoq IELTS va grammatika bo‘yicha dars bera boshladim. Bu menga juda katta yordam berdi: boshqalarga o‘rgatganingizda, o‘zingiz tilni chuqurroq tushuna boshlaysiz. Bu oson kechmagan, ammo vaqt o‘tishi bilan jarayonga ko‘nikdim va til men uchun to‘siq emas, balki vositaga aylandi.   

Ish faoliyatining o‘ziga xos jihatlari

Masofadan ishlash menga mahalliy kompaniyalarda ko‘pincha yetishmaydigan narsani sog‘lom ish va shaxsiy hayot muvozanatini beradi. Yo‘lga vaqt sarflamaysiz, tirbandlikda turmaysiz, ertalabdan charchamaysiz. Eng muhimikutilmagan vaziyatlarda moslashuvchanlik paydo bo‘ladi.     

Ba’zida oilaviy masalani zudlik bilan hal qilish kerak bo‘ladi, masalan, bola kasal bo‘lib qolsa. Bizning sharoitda bu deyarli har doim ta’til yoki rasmiyatchilikka aylanadi. Bu yerda esa shunchaki menejerga yozaman: Hozir aloqada bo‘la olmayman, keyinroq soatlarni to‘ldiraman shu xolos. Hech qanday bosim yo‘q, faqat ishonch. Ular sizning oilangiz va ish tashqarisidagi hayotingiz borligini hurmat qilishadi.   

Lekin, albatta, buni suiiste’mol qiladiganlar ham bo‘ladi bunday holatlar tezda tugaydi. Bunday jamoalarda intizom nazoratga emas, balki o‘zaro hurmatga asoslangan agar jamoaga pand bersangiz, siz bilan shunchaki xayrlashishadi. Hammasi adolatli.

Ehtimol, yagona kamchilik shuki: jonli muloqot yetishmaydi. Ba’zan yuzma-yuz uchrashish ham muhim. Shu sababli men do‘stlarim bilan yig‘ilib, muloqot va tabiat qo‘ynidagi yolg‘izlikni uyg‘unlashtirgan holda sayr qilishni juda yaxshi ko‘raman.   

Men xorijiy dasturchilar bilan raqobatda hech qanday qiyinchilik ko‘rmayapman. Eng asosiysi til va muloqot. Texnik jihatdan bizning yigitlarimiz kuchli, lekin ko‘pincha o‘z fikrlarini to‘g‘ri yetkaza olmaydi. Buni rivojlantirganda — hamma narsa imkonli bo‘lib qoladi.

G‘arb ish beruvchilari IT-mutaxassislariga mutlaqo odatiy munosabatda bo‘lishadi. Ularni siz qayerdanligingiz, qaysi dinga mansubligingiz, qanday ko‘rinishingiz qiziqtirmaydi. Muhimi — ishonchli bo‘lish, jamoada ishlay olish va natija berish.

Ish haqlari va bozor to‘g‘risida

Barcha mutaxassislarning maoshlari har xil. Kimdir 500 dollar, kimdir 7000 dollardan ko‘proq oladi. Hammasi daraja, tajriba, lavozim va kompaniyaning o‘ziga bog‘liq. Asosiysi — o‘z qiymatingizni bilish va bu oraliqda qayerda ekanligingizni tushunish.   

Biz shunday zamonda yashayapmizki, kuchli karyera qurish uchun albatta ko‘chib ketish shart emas. Bugun O‘zbekistonda yashab ham xalqaro kompaniyalarda ishlash mumkin. Men o‘zim shunday qilyapman. Asosiysi professional profilni shakllantirish, rivojlanish va imkoniyatlarni topa bilish. 

Hozirda xorijiy kompaniyalarda ishlayapman va bu menga yoqadi. Lekin kelajakda — o‘z mahsulotimni shu yerda, O‘zbekistonda ishga tushirmoqchiman. Bu FinTech yoki dasturchilar uchun mahsulot bo‘lishi mumkin.

Masofadan ishlash real. Eng muhimi taslim bo‘lmaslik”.

Tavsiyalar

Xalqaro kompaniyalarda ishlashni istagan yosh dasturchilarga maslahatlar:

  1. Tillarni o‘rganing birinchi navbatda ingliz tilini.
  2. Mahalliy bozorda tajriba orttiring.
  3. Frilans yoki autsorsing sohasida ishlashdan qo‘rqmang bu zinapoya.
  4. Loyihalarda ishtirok eting, portfolio yarating.
  5. Va taslim bo‘lmang. Dunyo keng unda siz uchun ham joy bor.

2025-09-11