Asror 18 yoshda,akasi unga axborot texnologiyalari sohasida o‘qishni boshlashni maslahat berguniga qadar umrining 4 yilini sartarosh bo‘lib ishlashga sarflagan.
IT sohasidagi mashg‘ulotlar Asrorda shunday taassurot qoldirdiki, u litseydagi darsdan so‘ng ishga emas, uyiga, IT bo‘yicha o‘qishga yugurgan. Turli yetishmovchiliklar,jumladan,moliyaviy qiyinchiliklar,uyda kompyuter yoʻqligi,kechgacha hatto dam olish kunlari ishlashiga qaramasdan, Asror oyogʻi og‘rigancha soch qirqishdan koʻra kattaroq narsalar qilishni xohladi. Shuning uchun u har kuni shugʻullandi, dasturlash tilini oʻrgandi, boshqa dasturchilar,mentorlar bilan gaplashdi va oʻz ustida ishladi.
Ammo bu xatti-harakatlar u tahsil olgan IT akademiyasi binosidagina to‘xtab qolmadi. Uyga kelib, u o‘qishga o‘tirdi, o‘z mahoratini oshirdi va kerakli materialni imkon qadar samarali o‘zlashtirishga harakat qildi.
IT Akademiyasida o‘qishni tugatgandan so‘ng, Asror qolishga qaror qildi va bugungi kunda ushbu akademiyada dasturchi va mentor sifatida faoliyat yuritmoqda.
“Asosiysi hech narsadan qo‘rqmaslik kerak. Agar hech narsa amalga oshmasa,siz hech nimani yo‘qotmaysiz, ammo agar u ish bersa, hayotingizni o‘zgartirishingiz mumkin “, deydi Asror.
Asror haqidagi to‘liq video quyidagi havolada mavjud: https://youtu.be/M6K2uJ4TrBo
2021-11-15