Saxovat va Ovozli Bot xayriya loyihalari ishlab chiqilmoqda

IT Park tomonidan tashkil etilgan Open Data Challenge 2020 xakatoni g‘oliblari va Open Data Acceleration ishtirokchilari xakaton doirasida ishlab chiqqan va akseleratsiya dasturi doirasida yakunlash arafasida turgan Respublika boylab xayriya ehsonlarini tashkil etish boyicha Saxovat hamda axborot texnologiyalari sohasiga ozbek tilini joriy etishga qaratilgan Ovozli Bot loyihalarini taqdim etishdi.

Saxovat

Saxovat - bu Respublikamizda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun volontyorlarni jalb qilish boyicha onlayn xayriya platformasi.

2020-yilning birinchi yarmida AIMK bosh idorasida bolib otgan brifingda mahalla axborot xizmati va oilalarni qollab-quvvatlash rahbarlari tomonidan yordamga muhtojlar, yolgiz pensionerlar, nogironlar va kuchli karantin paytida oz ishidan ayrilgan fuqarolar kiritiladigan temir daftartashkil etish togrisida qaror qabul qilindi. Saxovat ijtimoiy loyihasi asoschilari mahalla qomitasi va shahar kengashlari raislari tomonidan tuzilgan Ozbekiston Respublikasi temir daftarini puxta organib chiqish hamda  “temir daftarga kiritilgan har bir kishi togrisidagi malumotlarni elektron variantga tarjima qilishni rejalashtirmoqda.

Ilova quyidagicha ishlaydi:

1. Foydalanuvchilar qisqa so‘rovnomani to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishadi;

2. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga xayriya ehsonlari ro‘yxati sanalari, xayr-ehson uchun kerakli mablag‘lar, manzil va ehson tashkilotchisi to‘risidagi ma‘lumotlar bilan birgalikda taqdim etiladi.

3. Xayriya jamg‘armasiga qo‘shilish juda oson - shunchaki “JOIN” tugmasini bossangiz kifoya.

4. Volontyorlar xayriya ehsonlarini o‘zlari tashkil etishlari hamda shu bilan “temir daftar” ma’lumotlaridan foydalanish huquqlarini olishlari mumkin.

Ta’kidlash joizki, moddiy yordamni aholining zaif qatlamlari o‘rtasida adolatli taqsimlash hamda ijtimoiy o‘sishni rag‘batlantirish loyihaning ustuvor maqsadlari hisoblanadi. Ijtimoiy o‘sish va ishsizlik darajasining pasayishi O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy tarkibiy qismiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sababi, iqtisodiy faol fuqarolar sonining ko‘payishi barqaror rivojlanish jarayonini tezlashtiradi. Saxovat loyihasi ishtirokchilarining xayriya faoliyati nafaqat moddiy yordam korsatish, balki ishlaridan ayrilgan kishilarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ular qalbida ishtiyoqni uygotish, shuningdek, yangi yutuqlarga erishishlari uchun motivatsiya berishni oz ichiga oladi.

Bundan tashqari, Saxovat loyihasi butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish va iqlim ozgarishi konseptsiyasini o‘z ichiga olgan BMTning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ishsizlik va qashshoqlikni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilmoqda. Qashshoqlikni butkul yo‘q qilish Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish royxatidagi birinchi maqsadi bo‘lib, bu har bir davlatda ijtimoiy yuksalish global farovonlik, tinchlik, adolat va berilgan nematlardan togri foydalanishni tanimlashini anglatadi.

Ilovaga havola:

 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.triples.saxovat

Ovozli bot – o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida til texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha barcha axborot texnologiyalariga o‘zbek tilini milliy til sifatida muvaffaqiyatli integratsiya qilishni ta’minlashga qaratilgan innovatsion loyiha.

Ovozli bot - bu mobil qurilmalar va kompyuterlarda matn va audio ma’lumotlarini o‘zbek tiliga muammosiz tarjima qilishga imkon beruvchi qo‘shimcha funksiya hisoblanadi. Mazkur ma’lumotlar imkoniyati cheklanganlar, xususan, qisman yoki to‘liq ko‘zi ojizlarga shaxsiy kompyuterlardan, smartfonlardan va boshqa axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Ayni damda mobil ishlab chiqilish va takomillashtirish bosqichida.

Matn va tovushli ma’lumotlarning tarjimasi sifatini oshirish uchun turli xil ovozlarni va o‘zbek tili shevalarini bir joyga jamlash kerak. Shu maqsadda Telegram messenjerida Ovozli bot ishga tushirilgan. U yerda foydalanuvchilar matn o‘qigan holatda audio xabar yozishlari mumkin.

Shunday qilib, yakuniy Ovozli bot boshqa tillardagi ma’lumotlarni istalgan o‘zbek shevasiga tez va togri tarjima qilish imkonini taqdim etuvchi aqlli tarjimon, shuningdek, kompyuter va telefonlar uchun yordamchi vazifasini otaydi. Bu mamlakatning eng chekka huhlaridagi fuqarolarga Internetdagi turli xil ma’lumot manbalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Siz havola bilan botga otish orqali yangi ilova ustida ishlayotganlarga dastur til doirasini kengaytishi hamda  muvaffaqiyatga bir qadam yaqinlashishiga yordam bergan bolasiz.

Botga havola: https://t.me/uzbek_ovoz_bot

 

 

2021-06-18