Selfmade: IT Park koʻmagida IT Akademiyadan IT Marafon!

IT Park qoshidagi IT Akademiyasi Oʻzbekiston yosh tadbirkorlar jamiyati-Selfmade bilan hamkorlikda 1 haftalik IT Marafoni tashkil etdi.

IT Marafoni IT sohasi siz uchunmi yoki yoʻqligini bilishingizga yordam beradi. Marafon uzbekcoders.uz platformasida oʻtkaziladi.

Marafonda siz quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlasiz:

- IT sohasi bilan yaqindan tanishish;

- Oʻz ustida ishlashni nazorat qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallash;

- soft skills;

- IT sohasida kerakli bilimlarni olish va hatto sport bilan shugʻullanish.

Ushbu haftada siz veb dasturlash asoslarini bilib olasiz, dasturiy taʼminot qoʻrqinchli emasligini tushunasiz va hozirgi dasturchilar zimmasida qanday masʼuliyat borligini koʻrasiz. Bundan tashqari, Ozon Fitness markazi mutaxassislari marafon davomida sport mashgʻulotlarini oʻtkazadilar va unda siz nafaqat aqliy qobiliyatingizni, balki jismoniy kuchingizni ham rivojlantirishingiz mumkin.

Marafon mentorlaridan biri Cambridge ingliz tili oʻquv markazi asoschisi Jahongir Poʻlatov boʻlib, u boshqa mentorlar bilan birgalikda sizni tadbir davomida qoʻllab-quvvatlaydi va zarur bilim beradi.

Marafonni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar One Million Uzbek Coders kursini tamomlaganligi, shuningdek, IT Akademiyada dasturlash kurslarini oʻtash uchun chegirmalar olishlari mumkin.

Sizning hayotingiz faqat bir hafta ichida tubdan oʻzgarishi mumkin. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Roʻyxatdan oʻtish: https://selfmade.uz/

2020-10-10