Sena Group Inc. bilan hamkorlik muhokama qilindi

Joriy yilning 4-7-mart kunlari O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining delegatsiyasi vazir Sherzod Shermatov boshchiligida va IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov ishtirokida Amerika Qoshma Shtatlariga tashif buyurdi. Tashrifdan kozlangan maqsad O'zbekistonga xorijiy kompaniyalarni jalb etish va hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

5 mart-kuni delegatsiya Sena Group Inc vitse-prezidenti Mehmet Sadiq Yildiz bilan uchrashuv o'tkazdi. Sena Group Inc. bu startaplar uchun axborot texnologiyalari, raqamli ta'lim, inkubatsiya va tezlashtirish dasturlari sohasida ishlaydigan 25 ta kompaniyani birlashtirgan korporatsiya. Korporatsiyaning Istanbul shtab-kvartirasi Yaqin Sharqdan Markaziy Osiyo, Evropa, AQSh va Xitoygacha bo'lgan dunyoning 15 mamlakatida oz faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Uchrashuv doirasida Ozbekistonning global IT-biznesni yuritishdagi asosiy afzalliklari, jumladan, strategik joylashuvi, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar va davlat tomonidan faol qollab-quvvatlanadigan keng imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Alohida e’tibor Ozbeksonning chet tillarni biladigan va IT sohasida talab yuqori bolgan yuqori malakali yoshlariga qaratildi, bu esa uni xalqaro autsorsing kompaniyalari uchun jozibador aktivga aylantirdi.

Keyingi muzokaralarda O'zbekistonning istiqbolli IT-sektoriga minimal tavakkalchilik bilan kirishni istagan kompaniyalar uchun “Zero Risk” va “Regional HQ” dasturlarining noyob imkoniyatlari taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Sena Group Inc. kompaniyasi Ozbekistonda oz autsorsing ofisini ochish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Keyingi qadam sifatida kompaniya joriy yilning 18-20 mart kunlari bolib otadigan “Offshore Outsourcing Tour” tadbirida ishtirok etadi. Ushbu tadbir Ozbekiston bozori istiqbollarini yanada chuqurroq organish va mahalliy kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan mustahkam aloqalar ornatish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

2024-03-06