Shuxrat Muhamadjonovich Sadikov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlanganligi munosabati bilan tabriknoma

2020-yilning 28-avgust sanasida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni tasdiqlandi.

Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, barcha sohalarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, xalqimiz farovonligini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish va eksport salohiyatini oshirish, hududlar infratuzilmasini takomillashtirish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan oʻzgartirish yoʻlidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Muhamadjonovich Sadikov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Shuxrat Muhamadjonovich Sadikov mehnat faoliyatini 1992-yildan boshlagan bo‘lib, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan. 2006-2010-yillarda “O‘zbektelekom” AK bosh direktor o‘rinbosari va bosh direktori lavozimlarida ishlagan, 2010-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018-yilning avgust oyidan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.

Shuxrat Muxamadjanovichning mamlakatimiz IT sohasini kompleks rivojlantirishga qoʻshgan hissasi beqiyos. Bundan tashqari, uning rahbarligi ostida IT Park loyihasi amalga oshirildi va keng koʻlamda tatbiq etildi, boʻlgʻusi kadrlarning qulay kasbiy taʼlim olishlarini taʼminlash maqsadida IT Markazlar tarmogʻi tashkil etilmoqda, Respublika miqyosida koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

IT Park jamoasi Shuhrat Muhamadjonovichni tabriklaydi va ezgu ishlarida yangi natijalar va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

2020-08-29