Sidneyga tashrif: Uzbekistan Outsourcing Session va Avstraliya kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash

O‘zbekiston delegatsiyasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va IT Park Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi Farhod Ibragimov boshchiligida Sidneyda “Uzbekistan Outsourcing Session” doirasida Avstraliyaning yirik kompaniyalari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashrifning maqsadi Avstraliya IT-bozorining yetakchi ishtirokchilari bilan hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va O‘zbekistonning mintaqadagi yangi texnologik autsorsing markazi sifatidagi imkoniyatlarini targ‘ib qilishdan iborat edi.

Uzbekistan Outsourcing Session

IT Park Uzbekistan tashabbusi bilan tashkil etilgan “Uzbekistan Outsourcing Session” mamlakatning IT va autsorsing sohasidagi salohiyatini namoyish etish uchun muhim maydon bo‘ldi. Tadbirda telekommunikatsiya va fintechdan tortib kiberxavfsizlik va konsaltinggacha bo‘lgan turli sohalarda faoliyat yurituvchi 26 ta kompaniyadan 35 nafar vakil ishtirok etdi.

Sessiyani O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. U O‘zbekiston va Avstraliya o‘rtasidagi raqamli hamkorlik istiqbollari, shuningdek, mamlakatda IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsiya imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

Taqdimot doirasida IT Park Uzbekistan O‘zbekistonning raqamli rivojlanish strategiyasi, xorijiy investorlar uchun afzalliklar, shuningdek, xalqaro mutaxassislar uchun “Zero Risk” va IT-viza tashabbuslarini taqdim etdi. Mamlakatning IT-mutaxassislarni tayyorlash salohiyati va texnopark rezidentlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Yalpi majlisdan tashqari, ISG, Trendspek, Ethikc360, AcclimeIP, ScapeIP, Collagis, LambdaTest, Apptio, Intuit, Garuwa, RTS CloudNet, Grug Consulting va Pacific Labs kabi kompaniyalar vakillari bilan bir qator B2B-uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida bir qator kompaniyalar O‘zbekiston bilan hamkorlikka jiddiy qiziqish bildirishdi, ulardan ikkitasi — Grug Consulting va Trendspek — yaqin oylar ichida mamlakatimizga xizmat tashrifini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Tadbirda yakunlovchi nutq bilan IT Park Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi Farhod Ibragimov chiqdi. U o‘z murojaatida O‘zbekistonning xalqaro kompaniyalar uchun strategik hamkor sifatidagi o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidlab, mamlakatda IT-biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjudligini, jumladan soliq va viza imtiyozlaridan tortib zamonaviy infratuzilma va eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan imkoniyatlarni alohida qayd etdi.

Avstraliya kompaniyalari bilan muzokaralar

Tashrif davomida IT Park Uzbekistan vakillari Avstraliya kompaniyalari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Uchrashuvda “iTelaSoft” kompaniyasining bosh operatsion direktori Ravindra Samarasinghe o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarga, ayniqsa telekommunikatsiya va raqamli marketing sohasida tajribaga ega bo‘lganlarga katta qiziqish bildirdi. Tomonlar Yevropa va MDH mamlakatlaridan bo‘lgan mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda “iTelaSoft” ofisini ochish imkoniyatini muhokama qildilar. Bu kompaniyaga operatsion xarajatlarni optimallashtirish va IT Park Uzbekistan taqdim etadigan soliq rejimi afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.

iTelaSoft — 2009-yilda Sidneyda (Avstraliya) asos solingan texnologik kompaniya. U dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, bulutli muhandislik yechimlari, narsalar interneti (IoT), moliyaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiya sohalariga ixtisoslashgan. Bugungi kunda iTelaSoft tarkibida 150 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadi va kompaniyaning yillik daromadi 23 million AQSh dollaridan oshadi. Kompaniya Shri-Lanka, Hindiston va Buyuk Britaniyada xalqaro miqyosda o‘z faoliyatini olib bormoqda.

“Trendspek” kompaniyasining bosh direktori Derek Fibri bilan o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar kompaniyaning O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo bozoriga kirib borish istiqbollarini muhokama qildilar. Trendspek rahbariyati mamlakatdagi faoliyatning bir qismini mahalliylashtirish va IT-xizmatlar narxidagi raqobatbardosh ustunliklar hamda yuqori malakali kadrlardan foydalangan holda o‘z xizmatlarini O‘zbekistondan ko‘rsatish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.

Trendspek — infratuzilmani “aqlli” boshqarishga ixtisoslashgan innovatsion Avstraliya kompaniyasi. 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Sidneyda joylashgan. Kompaniyaning asosiy mahsuloti — Precision Asset Intelligence (PAI) platformasi bo‘lib, u fotogrammetriya va dronlardan olingan ma’lumotlar yordamida binolar va infratuzilma obyektlarining batafsil uch o‘lchamli modellarini yaratadi. Trendspek yechimlari 20 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilmoqda, mijozlari orasida National Grid, University of Sydney, University of Melbourne va PGIM kabi yirik tashkilotlar mavjud.

ISG direktori Ximansху Chaulla bilan uchrashuv doirasida tomonlar O‘zbekistonni IT-autsorsing uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida ilgari surish imkonini beruvchi qo‘shma taqdimot hujjatini tayyorlashga kelishib oldilar. Shuningdek, tomonlar tashabbusni amalga oshirish uchun ishchi guruh tuzish va ISG xalqaro mijozlariga O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni muhokama qildilar.

ISG (Information Services Group) — raqamli transformatsiya va autsorsing sohasidagi yetakchi xalqaro konsalting va tadqiqot kompaniyasi. 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi AQShning Stamford shahrida joylashgan. Kompaniya Avstraliya ham qo‘shilgan holda 20 ta mamlakatda o‘z ofislariga ega va 1600 nafardan ortiq xodimni ish bilan ta’minlaydi. ISG’ning yillik daromади 247,6 million dollarni tashkil etadi. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab 900 dan ortiq mijozlarga, shu jumladan Fortune 500 ro‘yxatiga kiruvchi yirik korporatsiyalarga konsalting xizmatlarini taqdim etadi.

International Astronautical Congress

Sidneyda o‘tkazilgan “International Astronautical Congress (IAC) 2025” doirasida IT Park Uzbekistan kosmik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyalar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “Axelspace Corporation” vakili Simpey Nakano sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini markirovkalash va tahlil qilish (data labeling) xizmatlarini autsorsing qilishga, ayniqsa Yaponiya qishloq xo‘jaligi sektori uchun, qiziqish bildirdi. Axelspace o‘zining tahliliy salohiyatini kengaytirish va xarajatlarni optimallashtirish maqsadida IT Park Uzbekistan orqali o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Axelspace Corporation — 2008-yilda Tokioda tashkil etilgan yapon kompaniyasi. U kichik sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish hamda Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kompaniya qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va atrof-muhit monitoringi sohalarida kosmik texnologiyalarni faol qo‘llab, mijozlarga yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va tahliliy yechimlarni taqdim etadi.

CONTEC Earth Service Co., Ltd. bosh direktori Chjexyon Pek bilan bo‘lgan uchrashuvда sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash va belgilash ishlarini O‘zbekistonga autsorsing qilish istiqbollari muhokama qilindi. Kompaniya rahbariyati IT Park bilan hamkorlik jarayonlarni optimallashtirish va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish imkonini berishini ta’kidladi.

CONTEC Earth Service Co., Ltd. — Janubiy Koreyaning “CONTEC Space Group” tarkibiga kiruvchi kompaniya bo‘lib, Tejon shahrida joylashgan. Kompaniya sun’iy yo‘ldosh aloqasi, ma’lumotlarni qabul qilish va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

ST Engineering bo‘linmalari rahbarlari — Bhadri Prasad Raman va Chia Kar Vi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida tomonlar sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini belgilash loyihalarining bir qismini O‘zbekistonga o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar. ST Engineering vakillari O‘zbekistonni geotahlil va kosmik texnologiyalar sohasida uzoq muddatli hamkorlik uchun maydon sifatida ko‘rib chiqishga tayyorliklarini bildirdilar.

ST Engineering — Singapurning aerokosmik, mudofaa va axborot texnologiyalari sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik muhandislik korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya sun’iy yo‘ldosh tizimlarini yaratishdan tortib ma’lumotlarni tahliliy qayta ishlashgacha bo‘lgan xizmatlarning to‘liq siklini taqdim etuvchi ST Engineering Satellite Systems va ST Engineering Geo-Insights bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv davomida Korea Aerospace Industries muhandisi Im Songhui kompaniyaning sun’iy yo‘ldosh tizimlari yer segmentlari ma’lumotlarini tahliliy qayta ishlash va qo‘llab-quvvatlash xizmatlariga bo‘lgan qiziqishini ifoda etdi. O‘zbekistonlik IT-mutaxassislar bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari, jumladan, IT Park Uzbekistan doirasida o‘qitish va qo‘shma tadqiqot loyihalari muhokama qilindi.

Korea Aerospace Industries (KAI) — Koreya Respublikasining yetakchi aerokosmik korporatsiyasi bo‘lib, 1999-yilda tashkil etilgan va Gyeongsangnam-do provinsiyasida joylashgan. Kompaniya harbiy va fuqarolik samolyotlari, sun’iy yo‘ldosh tizimlarini ishlab chiqaradi hamda aerokosmik sohadagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.

4 Earth Intelligence menejeri Kanchana Bandaranayake bilan uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari hukumati uchun yo‘l va navigatsiya belgilarini o‘rnatish loyihasi muhokama qilindi. Tomonlar ishlarning bir qismini o‘zbekistonlik mutaxassislarga topshirish hamda sun’iy yo‘ldosh tahlili va geoma’lumotlar uchun sun’iy intellekt yo‘nalishlarida uzoq mudдатli hamkorlik o‘rnatиш imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

4 Earth Intelligence (4EI) — geofazoviy tahlil va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan Britaniya kompaniyasi. Kompaniya shaharlashtirish, ekologiya va infratuzilmani rejalashtirish sohalarida davlat va tijorat loyihalarini amalga oshiradi.

Bundan tashqari, kongress davomida NASA HUNCH dasturi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Dastur maktab o‘quvchilarini NASA’ning haqiqий muhandislik loyihalariga jalb etishga qaratilgan. Tomonlar O‘zbekistonda ushbu tashabbusni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Bu o‘zbekistonlik talabalar va o‘quvchilarga aerokosmik sohada xalqaro STEM-loyihalarda qatnashish va amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.

IT Park Uzbekistan’ning Avstraliyaga tashrifi natijalari xalqaro kompaniyalarning O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. O‘tkazilgan uchrashuvlar IT-autsorsingni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va ilg‘or tajriba almashishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlik uchun poydevor yaratdi. Bu O‘zbekistonning mintaqadagi jadal rivojlanayotgan texnologik markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

2025-10-09