Sirdaryo IT Park mutaxassislari bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga tashrif buyurishdi.

IT Park’ning Sirdaryo filiali rahbarlari va xodimlari joriy yilning 3-avgust kuni ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning axborot texnologiyalaridan xabardorligini oshirish maqsadida Guliston shahridagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog‘ida IT Park vakillari butun mamlakat bo‘ylab axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ushbu sohadagi yutuqlar haqida taqdimot o‘tkazishdi. Bundan tashqari, etakchi IT mutaxassislar, IT markazlari o‘qituvchilari bolalarni kompyuter savodxonligi, dasturlash, mobil robototexnika, grafik dizayn, kibersport va boshqa kurslar bilan tanishtirdilar.

Xususan, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda IT xizmatlariga talabning tez o‘sishi munosabati bilan talab qilinadigan IT kasblardan birini egallashning ahamiyati ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, har bir IT markazda barcha sohalarda o‘qitish ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun mutlaqo bepul. IT markazlaridagi mashg‘ulotlarda o‘qishlari uchun bolalarga kerak bo‘lgan yagona narsa - bu bolalar uyidan ma‘lumotnoma.

Bu dastur yosh avlodning potensialini ochishga, IT sohasidagi malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirishga hamda doim talabda bo‘ladigan IT mutaxassisi bo‘lish yo‘lida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

2021-08-12