Sirdaryo va Jizzaxda IT-parklarning filiallarini ochish bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda!

2020 yil 28 may kuni Sirdaryo va Jizzaxda IT-park delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. UchrashuvlarJizzax viloyati hokimi Ergash Soliev va Sirdaryo viloyati yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha hokim o’rinbosari Otabek Nosirov IT-park rezidentlari, mahalliy oliy o'quv yurtlari rektorlari, xususiy o'quv markazlari vakillari va yosh startapchilar ishtirokida bo’lib o’tdi.

Delegatsiya viloyat hokimiyati vakillari bilan birgalikda bo'lajak filiallar va yangi IT-markazlarning tarkibiy qismlarini yaratish bo'yicha so'nggi ishlarni amalga oshirdi. Yaqin vaqt ichida ushbu hududlarning yoshlari zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lib, u yerda frilanserlar uchun hamkorlik markazlari, IT-mutaxassisliklarini o'rganish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari, shu jumladan, Uzbekcoders.uz platformasida, mobil aloqani o'rganish uchun auditoriyalar mavjud bo'ladi, shuningdek robototexnika, kiber sport va IT-kompaniyalar uchun ofislar ham bo’ladi.

Sayxunobod va Xavast tumanlaridagi IT-markazlarning xonalari.

IT-park filiallarida yoshlar 24/7 ishlashlari mumkin bo’ladi, buning uchun barcha qulayliklarga ega bo'lishadi, shuningdek uzluksiz elektr ta'minoti va yuqori tezlikdagi Internet bilan ta'minlanadilar, bu IT mutaxassislari uchun juda muhimdir.

IT-park filiali Jizzax viloyati hokimiyatining  ikkinchi qavatida ochiladi.

Shuningdek, mahalliy IT-kompaniyalarni rivojlantirish uchun IT Park O'zbekistondan, ham xorijiy mamlakatlardan IT buyurtmalarini jalb qilishda yordam beradi. Shunday qilib, mahalliy kompaniyalarning salohiyati va mamlakat ichidagi raqobatbardoshligi oshadi.

IT-parkning Sirdaryo viloyatidagi filiali.

Kelgusidagi filiallar va IT-markazlarda o'qish uchun arizalarni qabul qilish karantin tugashi bilan boshlanadi. Barcha qiziquvchilar quyidagi sohalarda o'rganishi mumkin:

• Kompyuter savodxonligi;

• Chuqurlashtirilgan MS Office;

• Veb dasturlash tillari;

• Grafika va dizayn asoslari;

• Mobil ilovalarni ishlab chiqish;

• Python dasturlash tili;

• Arduino va Lego asosida mobil robototexnika;

• CS: GO, Dota 2 va FIFA20 o'yinlariga asoslangan kibersport darslari.

Kurslarning davomiyligi 1 oydan 3 oygacha.

Bundan tashqari, IT-ingliz tili darslari IT mutaxassislari va o'z bilimlarini oshirishni istagan har bir kishi chet ellik sheriklar va xorijiy mijozlar bilan yanada samarali aloqada bo'lishi uchun o'tkaziladi.

Bo'lajak filiallar Guliston: Samarqand va O'zbekiston ko'chalari bilan kesishuvi va Jizzax: Sh.Rashidov 64.

Yangi IT-markazlar quyidagi manzillarda ochiladi: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Navoiy ko'chasi, 65-uy; Sirdaryo viloyati, Xavast tumani, Firdavsiy ko'chasi; Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Uchtepa massivi, Yangiobod ko'chasi

2020-05-30