Siz uchun vebinar: Germaniyadagi o‘zbeklar Yevropaning eng rivojlangan mamlakatlaridan birida yashash va o‘qish tajribalari haqida so‘zlab beradi!

2021-yil 2-fevral kuni IT Park tomonidan O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda vebinar o‘tkaziladi. Vebinarda Germaniyada yashayotgan o‘zbeklar “O‘zbekiston yoshlari uchun yangi bilim ufqlari: Germaniyadagi vatandoshlar tajribasi" mavzusini yoritib berishadi.

Vebinar spikerlari:

Jabborov Shahzod - Nyurnbergda mashinasozlik sohasi magistri, Industry 4.0 dasturini o‘rganadi;

Kamolov Jahongir - Nyurnbergda magistr, xalqaro biznesni o‘rganadi, KPMGʻda 3 yillik ish tajribasiga ega;

Rahimov Zarrux - Hisoblash iqtisodiyoti bo‘yicha magistr, ma’lumotlar tahlilchisi sifatida 3 yillik ish tajribasiga ega;

Norbekov Shoxrux – E-commerce va payments bo‘yicha ma’lumotlar tahlilchisi. Ish tajribasi - 3 yil.

Rajabova Sabohat - Free University of Berlin magistri. Nemis filologiyasi va madaniy almashinuvini o‘rganadi;

Bahodirova Dilbar - Berlinda magistr, xalqaro biznes menejmentini o‘rganadi;

Umarov Temur - Magdeburgda magistr. Tadbirkorlik va marketing sohasini o‘rganadi. “Bayer” kompaniyasida amaliyot o‘tamoqda.

Yuqorida aytilganlardan tashqari vebinarda IT Park, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa OTM talabalari ishtirok etishadi.

Vebinar o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Sana: 2021-yil 2-fevral (seshanba)

Vaqt: soat 16:30 dan 18:00 gacha

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/b5MeK9rwBkuHAQReA


 

2021-01-26