Sport dasturlash boʻyicha bepul kurslar!

IT Park Moskva fizika-texnika instituti bilan hamkorlikda sport dasturlash boʻyicha oʻzbek tilidagi bepul onlayn kurslarni ishga tushirmoqda.

Sport dasturlash nima degani?

Sport dasturlash – bu intellektual sportning turli koʻrinishlari boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.

Kursa dasturi tuzuvchilari:

▫️ Oleg Xristenko, ICPC hududiy boʻlinmasi rahbari;
▫️ Vladislav Nevstruyev, algoritmik dasturlash sohasida ekspert.
▫️ Filipp Ruhovich, fizika-matematika fanlari nomzodi;
▫️ Ilya Stepanov, 2019 yilda ICPC bronza medali sohibi.

Maʼlumot oʻrnida: ushbu kurs sport dasturlash boʻyicha $30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega “IT Park Cup” onlayn chempionatiga tayyorgarlik koʻrishga yordam beradi.

Kursga havola orqali yozilish mumkin: https://epark.uz/courses/Algoritmik-dasturlash/landing

2020-11-25