Star Venture dasturiga arizalar qabuli boshlandi

Oʻzbekistondagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) innovatorlar va texnologik startaplar vakillarini “Star Venture” dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.

Star Venture dasturi yuqori oʻsish salohiyatiga ega innovatsion startaplarni aniqlab oladi va ularning rivojlanishini tezlashtirishga yordam beradi. Unda ishtirok etuvchi startaplar jahon bozorlariga chiqish va ajoyib natijalarga erishish imkoniyatiga ega boʻladilar. 2019-yildan buyon dastur 600 dan ortiq startaplarni qoʻllab-quvvatladi, 23 mamlakatni qamrab oldi va $420 milliondan ortiq investitsiyalarni jalb qildi.

Dasturda ishtirok etish shartlari:

  • noyob hayotiy mahsulotga ega texnologik startap;
  • yillik aylanmasi €1 milliondan oshmaydigan barqaror bozor pozitsiyalari;
  • 49% dan oshmaydigan xorijiy mulk ulushi;
  • Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab kamida bir yil va 5 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida bozordagi faoliyat;
  • taqiqlangan faoliyat turlarining yoʻqligi (harbiy sanoat, qimor oʻyinlari, tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish);
  • ingliz tilini yuqori darajada bilish va hujjatlarni ingliz tilida topshirish.

Dastur ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda:

  • yetakchi xalqaro ekspertlardan murabbiylik;
  • butun dunyo boʻylab investorlarga kirish imkoniyati;
  • 23 mamlakatdagi yangi bozorlar;
  • ilgʻor xalqaro maslahatchilardan biznes diagnostikasi;
  • kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida individual maslahatlar.

Arizalar qabuli 27-noyabrgacha davom etadi. Dastur va mezonlar haqida qoʻshimcha maʼlumot, shuningdek, ishtirok etish uchun ariza shakli quyidagi havolada mavjud: https://www.ebrd.com/starventure/overview

Barcha savollar bo‘yicha: yusupobo@ebrd.com, +998907992552

“Star Venture dasturi” Yaponiya hukumati tomonidan “Small Business Impact Fund” (Italiya, Irlandiya, Yaponiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Shveytsariya, TaiwanBusiness — YeTTB Texnik hamkorlik jamgʻarmasi va AQSh) orqali qoʻllab-quvvatlanadi.

2023-11-17