Startaplar uchun xalqaro “Pitch Sessions”: “ICT Week 2024” doirasida rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar

2024-yil 17 va 18-sentyabr kunlari “Startup & Venture Summit 2024” tadbiri doirasida xalqaro “Pitch Sessions” oʻtkaziladi, unda butun dunyo boʻylab loyihalar oʻz gʻoyalarini yetakchi mutaxassislar, investorlar va potensial hamkorlar oldida taqdim etish uchun noyob imkoniyatga ega boʻladilar.

Tadbir eng istiqbolli startaplarni aniqlash, ularning kelgusi oʻsishini qoʻllab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan.

“Pitch Sessions” ikki bosqichdan iborat boʻladi: saralash va final. Birinchi kuni startaplar oʻz loyihalarini taqdim etishadi, soʻngra taqdim etilgan gʻoyalar asosida hakamlar hayʼati beshta finalchini tanlab oladi. Ikkinchi kuni final ishtirokchilari yana bir bor oʻz loyihalarini namoyish qilishadi va shundan soʻng gʻoliblar aniqlanadi.

Hakamlar hayʼati startaplarni innovatsionlik, bozor salohiyati, jamoa tajribasi, moliyaviy barqarorlik va loyihaning ijtimoiy taʼsiri kabi mezonlar boʻyicha baholaydi. Eng yaxshi loyihalar uchun mukofot sifatida $10.000 miqdoridagi sovrin jamgʻarmasi belgilangan boʻlib, u uchta sovrinli oʻrin oʻrtasida taqsimlanadi.

“Pitch Sessions”da qatnashish uchun startaplar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Gʻoyalaringizni dunyoga koʻrsatish hamda ularni roʻyobga chiqarish yoʻlida yordam olish uchun “ICT Week 2024” tadbirida ishtirok eting!

2024-08-14