Startup Battle gʻoliblari eʼlon qilindi

17-sentyabr kuni IT Park va Cloupard kompaniyasi koʻmagida C-Space kovorking markazining Yunusobod filialida Startap Battle boʻlib oʻtdi.

Tanlovda 40 ta startap roʻyxatdan oʻtdi.

CloudPayments mintaqaviy direktori Farrux Xolmuhamedov, TASS Vision bosh direktori Shaxzod Umirzoqov va IT Park startap boʻlimi bosh menejeri Sanjar Parmanqulovdan iborat hakamlar hayʼati oʻz loyihalarini taqdim etgan 10 ta eng yaxshi startaplarni tanlab olishdi.

Gʻoliblar:

  • 1-oʻrin — Social Spot — loyiha ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridagi muammolar haqida eslatmalarni tahlil qilish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi. Bu eng dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal qilishning samarali yechimlarini ishlab chiqish imkonini beradi;
  • 2-oʻrin — AIsistent — ​​oʻqituvchilar uchun testlarni avtomatik yaratish va tekshirish funksiyasiga ega sunʼiy intellekt yordamchisi. Yordamchi oʻqituvchilarga oʻquvchilar uchun koʻproq vaqt ajratishga imkon berish orqali muntazam vazifalarni avtomatlashtiradi;
  • 3-oʻrin — SaleMap — doʻkon va muassasalarda aksiya va chegirmalarni tez va oson topish imkonini beruvchi servis.

Battle gʻoliblari Yandex.Station Mini bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, birinchi oʻrinni egallagan jamoa C-Space kovorking markazining 1 million soʻmlik vaucheri va Cloupard kompaniyasining bulutli xizmatlaridan foydalanish uchun 3 million soʻmlik vaucheriga ega boʻldi. Ikkinchi va uchinchi oʻrin sovrindorlari ham Cloupard kompaniyasining bulutli xizmatlari uchun 1 million soʻmlik vaucherlar bilan taqdirlanishdi.

2023-09-19