Startup Weekend butun Oʻzbekiston boʻylab startap ekotizimini rivojlantirmoqda

Startup Weekend Tashkent hamjamiyati Oʻzbekistonda yangi shaharlarni qamrab olgan holda startap ekotizimni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.

Navbatdagi tadbir 18-20 avgust kunlari Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu xakaton yosh ishqibozlarga qimmatli tajriba orttirish, soha mutaxassislaridan oʻrganish va oʻzlarining startap gʻoyalarini amalga oshirish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

Xakaton Techstars xalqaro akselerator kompaniyasining mahalliy rahbarlari tomonidan BMTTD hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilgan qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Shuningdek, uni Alif Tech, IT Park Uzbekistan, Buxoro davlat universiteti, IT Park Bukhara kabi tashkilotlar, Monday Academy va Super Dispatch kabi oʻquv markazlari qoʻllab-quvvatlashmoqda.

Uch kun davomida ishtirokchilar startap, moliya va marketing sohalaridagi mentorlar rahbarligida o’zlarining biznes-rejalarini ishlab chiqadilar va prototiplarni yaratadilar. Tadbirni olti yildan buyon Techstars kompaniyasiga rahbarlik qilib kelayotgan Mahtob Asadova boshqaradi.

Xakatonning birinchi kunida ishtirokchilar tadbir dasturi boʻyicha koʻrsatmalar oladilar va qolgan ishtirokchilarni oʻz jamoalariga jalb qilish uchun oʻzlarining startap gʻoyalarini taqdim etadilar. Ikkinchi kun MVP va gipoteza sinovlari boʻyicha seminarlarni oʻz ichiga oladi. Jamoalar prototiplar ustida ishlab, tajribali startap rahbarlaridan koʻrsatmalar olishadi.

Uchinchi kun – final. Jamoalar oʻz taqdimotlarini hakamlar hayʼatiga taqdim etadilar. Gipoteza sinovi, biznes modeli va bozor salohiyati baholanadi. Eng yaxshi uchta startap sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Tadbir haqida batafsil maʼlumotni rasmiy veb-saytdan olishingiz mumkin: https://bukhara.startupweekend.uz/

Loyiha haqida
Techstars loyihasi 2006-yilda uchta oddiy gʻoya bilan boshlangan: tadbirkorlar hamma uchun yaxshiroq kelajakni quradilar, hamkorlik innovatsiyalarni ragʻbatlantiradi, innovatsion gʻoyalar esa istalgan joydan kelishi mumkin. Bugungi kunga qadar Techstars umumiy bozor qiymati 204 milliard dollardan ortiq boʻlgan 2400 dan ko‘proq kompaniyalarga sarmoya kiritdi.

2023-08-15