“STEELSERIES FRAG SEASON 7” kibersport turniri boshlanmoqda  

5-noyabrdan boshlab CS: GO va DOTA2 boʻyicha “STEELSERIES FRAG SEASON 7” xalqaro kibersport turniri doirasidagi oʻyinlar boshlanadi.

Bunday miqyosdagi turnir O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilayotgani  bilan ahamiyatlidir.  Turnirda Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning sovrin jamg‘armasi 4 000 dollarni tashkil qiladi.

 DOTA 2

 1-o’rin – 1000 AQSh dollari;

 2-o’rin – 500 AQSh dollari;

 3-o’rin – 300 AQSh dollari;

 4-o’rin – 200 dollar.

 CS: GO

 1-o’rin – 1000 AQSh dollari;

 2-o’rin – 500 AQSh dollari;

 3-o’rin – 300 AQSh dollari;

 4-o’rin – 200 dollar.

 Ushbu turnirda IT Park’ning “IMPERIUM” terma jamoasi ham yangilangan tarkib bilan ishtirok etadi.

 CS: GO o‘yinlari doirasida 4 ta saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, ya’ni barcha jamoalarda play-off bosqichiga chiqish uchun roppa-rosa 4 ta imkoniyat mavjud.  Har bir saralashdagi jamoalarning maksimal soni – 128 ta.  4 ta CS: GO jamoasi va “invayt” (taklif) olgan 4 ta DOTA 2 jamoasi – turnirning play-off bosqichiga yo‘l oladi.

 15-noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da mediaFRAG jonli efirida turnir bosqichi play-off gridi tuziladi!  (strim etilayotgan tarmoq uchun havola: https://www.youtube.com/c/mediafrag).  Turnirning ¼ bosqichida taklif olgan jamoalar saralashdan o‘tgan jamoalar bilan o‘yin olib boradi.

 CS: GO kvalifikatsiyalari:

 - birinchi kvalifikatsiya 5 noyabr kuni soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan) FACEIT platformasida ( Shvetsiya serveri) boshlanadi;

 - ikkinchi kvalifikatsiya 6-noyabr kuni soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan) FACEIT platformasida (Shvetsiya serveri) boshlanadi;

 - uchinchi kvalifikatsiya 7 noyabr kuni soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan) FACEIT platformasida ( Shvetsiya serveri) boshlanadi;

 - to‘rtinchi kvalifikatsiya 8 noyabr kuni soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan) FACEIT platformasida (Shvetsiya serveri) boshlanadi.

 Barcha o‘yinlar onlayn o‘ynaladi.  Jonli efirlarni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.twitch.tv/hitmediaru

 Batafsil maʼlumot bilan quyidagi havola orqali tanisha olasiz: https://frag.uz/news/55

2021-11-04