2021-yil 13 va 14-fevral kunlari CS:GO yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada IT Park tomonidan yangi tashkil etilgan “Cookie Crew” jamoasi final bosqichda tajribali “Storm” jamoasiga yutqazib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Turnirda quyidagi 8 ta jamoa ishtirok etdi:
A guruhi:
- Arcred
- AAA
- Absorbed
- FMU
B guruhi:
- Cookie Crew
- Storm
- Sologaming
- Toxic
Birinchi raundda “Cookie Crew” jamoasi “Sologaming” jamoasi bilan duch keldi va 16:13 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi raundda yigitlar “Toxic” jamoasini 16:10 hisobida mag‘lub qilishdi. Yarim finalda “Cookie Crew” ushbu musobaqaning favoritlari hisoblanuvchi “Arcred” jamoasi bilan raqobatlashdi va natijada “mirage” xaritasi bo‘yicha 16:7, “nuke” xaritasi bo‘yicha esa 22:19 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu holda ular finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Final bo‘sqichda “Cookie Crew” jamoasi tajribali “Storm” jamoasi bilan birinchi o‘rin uchun kurash olib borishdi. Birinchi xarita bo‘yicha (nuke) “Cookie Crew” jamoasi 22:10 hisobida g‘alaba qozonishdi, ikkinchi va uchinchi xaritalarda muvaffaqiyasizlikka duch kelishdi: 11:16 va 12:16.
Bu bizning birinchi turnirimiz edi va birinchi urinish uchun yigitlar yaxshi natija ko‘rsata olishdi. Ishonch bilan ayta olamizki, vaqt o‘tishi bilan, mashg‘ulotlar, xatolar va o‘z ustida ishlash orqali “Cookie Crew” jamoasi kelgusida yanada yaxshi natijalarni qo’lga kiritishadi.
Translyatsiya havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=WsN-7HDDtOs
“Cookie Crew” haqidagi ma’lumotlar uchun havola: https://it-park.uz/ru/itpark/news/sbornaya-it-park-po-kibersportu-vpervye-primet-uchastie-na-turnire
2021-02-15