Success Story: Elektronikaga qiziqishdan universal dasturchilikka qadar

IT Park axborot texnologiyalari sohasida katta yutuqlarga erishayotgan yoshlar haqidagi hikoyalarni eʼtiboringizga havola etishda davom etadi.

Bu safargi qahramonimiz Buxoro muhandislik texnologiyalar institutining magistratura boʻlimida tahsil olayotgan Sherzodjon Joʻrayev.

U IT sohasida 2018-yildan boshlab ishlab kelmoqda. Elektronikaga bo’lgan qiziqishi uni universal dasturchi boʻlishiga sabab boʻlgan. Hozirda qahramonimiz  FrontEnd: HTML, CSS, JavaScript, bootstrap, BackEnd: PHP, Larawel, SQL, mySQL, Postrgresql, shuningdek, C++, Python kabi dasturlash tillarini mutaxassisi hisoblanadi.

Sherzodjon dastlab taʼlim olish manbalari va offlayn darslarning kam boʻlganligi keyinchalik esa murakkab masalalarga yechimlarni topishda muammolarga duch kelganini taʼkidlab oʻtdi.

Ustozlardan va turli xil dasturlash tillarini mustaqil ravishda oʻrgangan boʻlib, hozirda loyihalardan 700 dollardan boshlab daromad oladi

Shu bilan birga, robototexnika, tarmoq admistratori, dasturlash, BackEnd yo'nalishlarida 100 ga yaqin bolalarga  dars beradi.

Umumiy hisobda 10 ga yaqin loyihalarda ishtirok etgan. Ular orasida viloyatdagi korxonalar ishlarini qoʻl mehnatidan avtomatik boshqaruvga oʻtkazish, turli xil tijorat platformalari, katta hajmli maʼlumotlarni tahlillashni avtomatik yondashuvi kabilar mavjud.

Qahramonimiz, “Elba” loyihasi asosida hozirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Italiya, Ispaniya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Sherzodjonning fikricha, IT sohasida yakka tartibda loyihani bajargandan koʻra, jamoa bilan ishlash jarayonida bilimlar almashish, turli xil startuplar ishlab chiqishda jamoaviy ishtirok etish, bir muammoni turli xil yechimlarini muhokama qilish va koʻrib chiqish afzalroqdir.

Qahramonimiz oʻz tajribasini yanada oshirishni, shuningdek, hozirgacha toʻplagan tajribasini sohaga kiradigan yoshlarga ulashishni va Oʻzbekistonni yangi IT-markaziga aylantirishda oʻz hissasini qoʻshishni orzu qiladi.

Sherzodjon oʻzining misolida ishtiyoqi boʻlgan har qanday inson IT mutaxassisi boʻlishi mumkinligini koʻrsatib bermoqda. Asosiysi — intilish, mehnat qilish va oʻrganishga boʻlgan qiziqishdir. IT-markazlar esa ushbu maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Balki ruknimizning keyingi qahramoni siz boʻlarsiz?

2023-02-09