“TashRush” dasturi ishtirokchilari uchun Jizzax viloyatida sayohat tashkil etildi

2022-yil 19-martdan boshlab 21-martga qadar Jizzax viloyati hokimligi koʻmagida IT Park tomonidan TashRushdasturi doirasida Jizzaxga sayohat tashkil etildi.

Sayohatda Zomin tog‘lari, Aydarko‘l ko‘li, hamda, Jizzax viloyatining Forish va Baxmal tumanlarida bo‘lgan 80 ga yaqin chet ellik IT-mutaxassislari ishtirok etdilar.



Mehmonlar Jizzaxdagi O‘rda ekologiya bog‘i Amfiteatr majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, Jizzax viloyati Hokimi Ergash Alibekovich Saliyev va uning rahbari bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar. Hokim mehmonlarni tabriklab, ularga milliy liboslar, bosh kiyimlar sovg‘a qildi.



Sayohat yakunida chet ellik IT-mutaxassislar Jizzax viloyatining go‘zal xushmanzara va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini ta’kidlab, mamlakatimizning qolgan hududlarini ham ko‘rish istagini bildirdilar.
















Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida IT Park “TashRush” dasturini ishga tushirdi, uning doirasida xorijiy kompaniyalar va IT-mutaxassislariga yuridik shaxslarni ochish (OneStopShop tamoyili bo‘yicha), ofislarni qidirish, xodimlarni tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadilar, IT-mutaxassislar uchun esa IT Park rezidentlari kompaniyalarida moslashish va ishga joylashishda koʻmaklashadilar.

 

Yil boshidan buyon 3000 dan ortiq chet ellik IT-mutaxassislari ushbu dasturdan foydalangan bo‘lib, ular faqat xorijiy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlaydilar, ularning malaka va tajribasi esa O‘zbekistonda yosh mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.
 

2022-03-30