TATU Samarqand filiali vakillari IT Park’ga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 20-may sanasida TATU (Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti) Samarqand filiali professorlari va xodimlari IT Park’ga tashrif buyurishdi.



IT Park xodimlari mehmonlar uchun tashkilot ofisi bo‘ylab ekskursiya tashkil etishdi, shuningdek, ularga IT Park faoliyati, IT sohasi istiqbollari va tashkilot tomonidan ishga tushirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, mehmonlar IT Park’ga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amity universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabga ham tashrif buyurdi.

Bu kabi tashriflar mamlakatimizda IT madaniyatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda, boshqalarga hozirda IT sohasi taqdim etayotgan imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlariga imkon yaratadi.
 

 

2021-05-27