TATUda “Assalom Navro‘z 2022” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi

31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda “Assalom Navro‘z – 2022” tantanali tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda vazirlikka qarashli barcha tashkilotlar, jumladan, IT Park va IT Park rezident kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

 

“Assalom Navro‘z 2022” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o’tkazilib, unda 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etdi, IT-Park rezidentlarining xalqaro IT-kompaniyalari vakillaridan mahorat darslari, O‘zbekiston viloyatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimizning har bir hududining o‘ziga xos xususiyatlari hamda shou-konsert dasturi namoyish etildi.

 

 

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida IT-Park rezident kompaniyalari, jumladan, “Maab Innovation”, “Cumulative Services”, “Octo”, “Exadel”, “EPAM Systems”, “ITECHART”, “ITRANSITION”, “Person Hunters”, “Zero” Soft Service” hamda IT Park ishtirok etdi.

 

Mahorat darslarining ma’ruzachilari: Senior Resource and development lab rahbari Baxtiyor Ahmedov, xalqaro IT kompaniya dasturiy ta'minot bo'yicha katta muhandisi Aleksandra Akulova, iTechArt talent programs  menejeri Pavel Xankevich, iTechArt jamoasi menejeri; Dmitriy Pak, iTechArt guruhi menejeri;Oleg Golenko, xalqaro IT-kompaniyasi Compliance Delivery mutaxassisi.

 

Tadbir ishtirokchilari Java dasturini ishlab chiqish, avtomatlashtirish asoslari bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytira oldilar, IT sohasidagi xalqaro kompaniyalar faoliyati va ular bilan ishlash yo‘llari bilan tanishdilar, ITga kirish bo‘yicha maslahatlar oldilar.

Shuningdek, tadbir davomida yarmarka tashkil etilib, unda ishtirokchilar “Книга за жизнь»(Hayot uchun kitob”) xayriya loyihasi kitoblari, “Эко пряники” (“Eco pryanik”), “Корпорация подушек” (“Yostiqlar korporatsiyasi”), “Bloknoti.uz” mahsulotlarini, shuningdek, qo’lda ishlangan taqinchoqlar, bayram pishiriqlarink xarid qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

 

Bundan tashqari, tadbir doirasida ITWomenUZ, TumarisTech, TumarisEdu va TechBika loyihalari bitiruvchi va ishtirokchilarining uchrashuvi tashkil etilib, ular o‘zlarining startap loyihalari, IT sohasidagi tajribalari, sohaga ilk qadamlari haqida gapirib berishdi. Shuningdek, ushbu uchrashuv ishtirokchilari blits-so'rovlarga javob berishdi hamda AKT vazirligi va IT Parkning esdalik sovg'alariga ega bo'lishdi.

 

2022-04-01