TATUda Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

2021-yil 3-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Hech kim mehr va e’tiborsiz qolmagay” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Baxtiyor Maxkamov, IT Park direktorining innovatsion rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Rajabov, shuningdek, TATUning imkoniyati cheklangan talabalari va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari orasida “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasidagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan Abrorjon Sobirov ham bor edi.

Shu munosabat bilan IT Park tomonidan Abrorjon IT sohasida o‘qishni samarali davom ettirishi va izlanuvchan IT mutaxassisi bo‘lishi uchun unga noutbuk sovg‘a qilindi.

Turli sharoitlarga qaramay, IT yo‘nalishida tahsil olish mumkinligiga bu yosh yigit yaqqol misoldir.







 

2021-12-04