Texnik sharh: taymerli yostiq, Google Chromebookʼlari va boshqalar

Texnik sharhning navbatdagi sonida siz ish joyida uxlash uchun qulay yostiq, Gmailʼning yangi joʻnatish qoidalari, Googleʼdan sunʼiy intellektga ega Chromebookʼlar va nima uchun Microsoft arzon SI modellarini ishlab chiqayotgani haqida bilib olasiz.

  1. Yaponiyaning Atex kompaniyasi ish joyida uxlash uchun taymerli anatomik yostiqni taqdim etdi

Yostiq yelka va tananing boshqa qismlaridagi kuchlanishni yengillashtirib, ofisda qisqa kunduzgi uyquni yanada qulayroq qilishga yordam beradi.

Gogo no Makura (“shom yostig‘i”) deb nomlangan qurilma qulflash mexanizmiga ega massaj kursisining ustki qismi hisoblanadi. U uyqu paytida qoʻllar harakatini cheklamagan holda foydalanuvchining boshi va koʻkrak qismini ushlab turadi. Yostiqning ichida yuz uchun yon tomonlarda yumshoq qoplamali teshik va stol ustidagi qoʻllarning tabiiy holati uchun maxsus joy mavjud.

Gogo no Makuraʼning egilish burchagi uchta holatda 10 dan 45 darajagacha sozlanadi. Yon tomonda 60 daqiqagacha sozlanishi mumkin boʻlgan oʻrnatilgan taymer mavjud. Belgilangan vaqt tugagandan soʻng, tebranish boshlanadi.

  1. 2024-yilning fevral oyidan boshlab Gmail spamni kamaytirish va reklama xatlariga obunani bekor qilishni soddalashtirish maqsadida ommaviy pochta joʻnatuvchilari uchun oʻz qoidalarini kuchaytirmoqda

Yangi talablar Gmail manzillariga har kuni 5000 dan ortiq xat yuboruvchi har bir foydalanuvchiga taʼsir qiladi. Google ommaviy pochta joʻnatuvchilardan uni 0,3% dan pastroq ushlab turishni talab qilgan holda spam darajalari uchun aniq chegara oʻrnatadi. Kelajakda bu majburiy standartga aylanadi.

Ommaviy joʻnatuvchilar Gmail qabul qiluvchilariga keraksiz xabarlar obunasini bekor qilishni soddalashtirish maqsadida bir marta bosish orqali tijoriy pochta xabarlarini rad etish imkoniyatini taqdim etishlari shart. Bunday elektron pochta xabarlariga obunani bekor qilish soʻrovlari ikki kun ichida koʻrib chiqilishi kerak.

Google shuningdek, ommaviy pochta joʻnatuvchilardan kompaniyaning eng yaxshi amaliyotlariga rioya qilgan holda oʻz elektron pochta xabarlarini qatʼiy autentifikatsiya qilishni talab qiladi. Bu jinoyatchilar foydalanishi mumkin boʻlgan mavjud zaifliklarni yopadi va elektron pochtani xavfsizroq va ishonchli qiladi.

  1. Google Acer, ASUS, HP va Lenovo’ning SIʼga ega sakkizta yangi Chromebookʼlarini taqdim etdi

Qurilmalar klassik shakl faktorida ham, “transformer” shakl faktorida ham mavjud boʻlib, u noutbukni “topcase” shaklidagi stendli planshet sifatida ishlatishga imkon beradi. Deyarli barcha modellar Intel Core i3 protsessorlari bilan jihozlangan, faqatgina Acer Chromebook Plus 514 va Asus Chromebook Plus CM32 Flip AMD Ryzen 3+ protsessorida ishlaydi.

Ekranlar diagonali 14 dan 15,6 dyuymgacha o‘zgaradi, operativ xotira 8 GB’dan, oʻrnatilgan xotira esa 128 GB’dan boshlanadi. Qurilmalar ChromeOS operatsion tizimining 117-versiyasida ishlaydi.

AQShda yangi mahsulotlarni sotish 2023-yil oktyabr oyida 400 dollardan boshlanadigan narxlarda boshlanadi.

  1. Microsoft OpenAIga qaramlikni kamaytirish uchun yengilroq va qulayroq SI modellarini ishlab chiqmoqda

Ushbu yechim ilgʻor SI modellari uchun yuqori xarajatlar bilan bogʻliq, deya xabar bermoqda “The Information”.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, Microsoftʼning OpenAI SI modellariga qilayotgan sarf-xarajatlari sezilarli darajada oshgan. Shu munosabat bilan kompaniya yanada arzonroq va amalga oshirish osonroq boʻlgan SI dialog modellarini ishlab chiqishga qaror qildi.

Microsoft’ning katta tilli modellari, hatto ularning unumdorligi evaziga ham, OpenAI’ga qaraganda arzonroq va yengilroq bo‘lishi kerak. Microsoftʼning dasturchilar guruhlari allaqachon Bing Chat kabi kompaniyaning oʻz mahsulotlariga ichki SI dasturlarini joriy etish ustida ishlamoqda.

2023-10-06