Tez kunda: Ucell korporativ akseleratori doirasida “Demo Day”

2020-yilning 12-dekabr kuni IT Park tomonidan Ucell bilan hamkorlikda tashkil qilingan mamlakatimizdagi birinchi “Ucell” korporativ akseleratsiyasining Demo Day’i boʻlib oʻtadi.

Shu kuni startaplarga oʻz loyihalarini mutaxassislar va boshqa mehmonlarga taqdim etish, shuningdek, akseleratsiya dasturi davomida olib borgan ishlarining natijalarini namoyish qilish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, tadbirda IT Park akseleratsiya startaplarini rivojlantirish menejeri Jahongir Rajabov, Ucell Marketing direktori Andrey Shadrin va Oʻzbekistondagi boshqa IT-mutaxassislar ishtirok etishadi.

Bundan tashqari, maxsus taklif qilingan mehmon - OSTO asoschisi Dilya Alimova oʻzining taqdimotini namoyish etadi va akseleratsiya dasturini tamomlagandan soʻng startap asoschisi nimalar qilishi kerakligi haqida soʻzlab beradi.

Oʻtkazilish joyi: Toshkent shahridagi Amity universiteti.
Vaqti: 13:00.

Shuni eslatib oʻtish joizki, IT Park Ucell bilan hamkorlikda o‘z loyihalarini amalga tatbiq etish va to‘laqonli kompaniya darajasigacha rivojlantirish maqsadida bo‘lgan startaplar uchun akselerator dasturini tashkil etmoqda.

Akselerator startaplarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Ucell yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek O‘zbekistondagi ilg‘or tadbirkorlar tomonidan sohaviy ekspertiza;
  • Qo‘llab-quvvatlash sifatida Ucell tomonidan texnik baza;
  • Hamkorlik uchun keng tanlovlar;
  • Startap rivojlanishida yordamchi vazifasini o‘tovchi shaxsiy treker;
  • Va eng asosiysi - kuchli jamoatlar yordamida bebaho netvorking hamda mutlaqo bepul dasturlarga ega bo‘lasiz.






 

2020-12-11