2020 yil 27 avgust kuni Entrepreneurship World Cup tanlovining milliy bosqichi boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorligida IT Park Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) tanlovining Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan milliy final bosqichi uchun saralashni eʼlon qilgan edi.
Tanlov ishtirokchilari imkoniyatlardan foydalangan holda, oʻz loyihalarini xalqaro miqyosda taqdim etishlari mumkin. Eng zoʻr deb topilgan ishtirokchilar 1 mln AQSH dollari koʻrinishidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar, qoʻshimcha ravishda, 70 mln dollardan ortiq qiymatidagi bonus koʻrinishidagi va hamkorlarning maxsus takliflarini qoʻlga kiritishadi.
Tanlov mehmonlari ishtirokchilar taqdim etgan loyihalarni baholash, xalqaro ekspertlar bilan yozishmalar olib borish hamda muloqot qilish imkoniga ega boʻladilar. Shuning barobarida, Oʻz navbatida, hakamlar bunga eʼtibor qaratadilar.
Tanlovda ishtirok etuvchi xalqaro ekspertlar:
- Sergey Mitrofanov — Mitrofanov & Partners Brand Strategy Advisors CEO va asoschisi;
- Mihail Zaxarevich — “Innovatsiyalarni tijoriylashtirish markazi”
- Yulya Brovkina — EMBA, “Paks Tekum” MChJ bosh direktori, biznes-kouch;
- Aleksandr Yudakov — Innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Ilgʻor texnologiyalar markazi, loyiha menejeri;
- Vladimir Soy — CAT Science Accelerator rahbari.
Milliy final bosqichiga oʻtgan loyihalar:
-GameFall (OAV va oʻyin-kulgu)
-Coozin (EdTech / Taʼlim va iqtidor, Foodtech va Agtech)
-RQ (Fintex)
-Telework asia (Katta maʼlumotlar / Sunʼiy aql)
-Iman (Fintex)
-Proteus (Energiya va chidamlilik)
-Sogdia (Toza texnologiyalar, Oziq-ovqat texnologiyalari va Agrotexnologiyalar)
-Delivera (Mobillik / Transport)
-Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion loyihalarni amalga tatbiq etish ilmiy-amaliy (Qishloq xoʻjalik)
-ModMe - katta hajmdagi ma’lumotlar / AI, EdTech / Ta’lim va iqtidorlar
Milliy finaldan muvaffaqiyatli oʻtgan loyihalar oʻz mahsulotlarini 2020 yil oktabr oyida dunyo boʻylab oʻtkaziladigan finalda ishtirok etishadi.
Milliy final oʻtkaziladigan sana: 2020 yil 27 avgust
Vaqti: 15:00
Koʻrish uchun havola: https://clck.ru/QVQKX
2020-08-25