IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida “eng ilg‘or o‘rta umumta’lim maktabi informatika o‘qituvchisi” tanlovi start olgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Tanlov qoidalariga ko‘ra, o‘qituvchilar quyidagi shartlarni bajarishi lozim edi:
- uzbekcoders.uz platformasidagi o‘quv kurslaridan birini tamomlash;
- Ishtirokchi o‘qituvchi talabalari 20-aprelgacha “One Million Uzbek Coders” kurslarini muvaffaqiyatli bitirishi.
Hozirda arizalar Xalq ta’limi vazirligiga yuborilgan. G‘oliblar nomi tez orada e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Top 100 talikdan o‘rin olgan har bir o‘qituvchi 5 400 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
2022-06-06