2022-yil 4-mart kuni Tojikiston Davlat Huquq, Biznes va Siyosat Universiteti Texnologik Parkining Direktori Abdurahmon Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya IT Parkʼga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad – IT Park Uzbekistan tajribasini o‘rganish va tashkilot faoliyati bilan tanishishdir.
Tashrif davomida mehmonlar IT Park faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, hamda, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
_1646882892.jpg)
Bundan tashqari, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi, xususan: yoshlarni masofaviy ish bilan ta’minlash, IT sohasida ta’lim, IT-xizmatlarini autsorsing qilish.
_1646882930.jpg)
Qolaversa, mehmonlarga IT Park shourumi namoyish etildi va IT-majmuasi qurilishi haqida soʻzlab berildi.
TDHBSU Texnologik Parki haqida
TDHBSU Texnologik Parki quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha ishlaydi:
1. Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish.
2. Taʼlim-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish.
3. Yoshlarni ish bilan ta’minlash.
4. Yevropa Ittifoqining TEMPUS loyihasi asosidagi innovatsion laboratoriya.
5. Nashriyot xizmatlari.
2022-03-07