2020-yil 13-yanvar kuni IT-Parkda Tojikistonning telekommunikatsiya kompaniyalari – eng yirik Internet-provayderlar “Avesto Internet” va “Isatel” kompaniyalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ayni paytda bu kompaniyalar “Smart City” loyihasi ustida ham ish olib bormoqdalar.
Tashrif davomida Tojikistonda IT-kadrlarning yetishmovchiligi yuqori darajada ekanligi haqida muhokama qilindi, shu sababli mehmonlar “One million Uzbek coders” loyihasiga va umuman olganda IT-taʼlim sohasida tajriba almashishga katta qiziqish bildirdilar.
Mehmonlarga IT-xizmatlarning eksportini rivojlantirish, IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari yordamida startaplarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekistondagi rezidentlar uchun taqdim etilgan soliq imtiyozlari haqida gapirib berildi.
2020-01-15