Toshkent lll Xalqaro PLAS-Forumga tayyorgarlik koʻrmoqda

21–22-iyun kunlari Toshkentdagi International Hotelʼda “Fintech, banklar va chakana savdo. Transformatsiya va oʻzaro hamkorlik” mavzusida III Xalqaro PLAS-Forumi boʻlib oʻtadi.

Tadbir tajriba almashish, muhim mavzularni muhokama qilish va O‘zbekistonda venchur kapital bozorini rivojlantirish strategiyalarini yaratish uchun maydonchaga aylanishga va’da bermoqda. Forum butun dunyodan fintech sohasi, banklar va riteyllarning yetakchi ekspertlari va vakillarini birlashtiradi.

Forumning ikkinchi kuni, 22-iyun kuni “O‘zbekistonda venchur kapital bozorini rivojlantirish strategiyasi”ga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu sessiya doirasida venchur ekotizimidagi ishtirokchilarning roli, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklar, biznes farishtalar harakatini yaratish, investitsiya sikli, akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari, shuningdek, xorijiy venchur kapitalini jalb qilish kabi asosiy mavzular koʻrib chiqiladi.

Qatnashish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://reg.plus-forum.com/login.php?idExh=9

PLAS-Forumning asosiy mavzulari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://cbu.uz/ru/press_center/news/944714/

2023-06-15