Toshkent va Farg‘ona shaharlarida “Investment Club Show” tadbiri boʻlib oʻtdi

“Offshore Outsourcing Tour 2024” doirasida 18-mart kuni Toshkent va 19-mart kuni Fargʻona shaharlarida 80 nafardan ortiq taniqli ishbilarmonlar, investorlar va biznes-farishtalarni bir joyga jamlagan “Investment Club Show” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir IT Park tomonidan “Katta ayiq” investitsiya bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi, Sibir, Ural va Uzoq Sharq investorlar klubi, shuningdek, “FinTechHub Belarus” bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir Markaziy Osiyo, xususan Oʻzbekistonga sarmoya kiritish sohasidagi asosiy tendensiya va strategiyalarini muhokama qilish uchun platforma vazifasini oʻtadi.

Dastur davomida yetakchi soha mutaxassislari ishtirokidagi panel sessiyalari oʻtkazilib, unda Markaziy Osiyo venchur kapital bozorining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Belarus startaplari oʻz loyihalari haqida gapirib berish imkoniga ega boʻlishdi, investorlar esa taqdim etilgan gʻoyalarni rivojlantirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

“Investment Club Show” tadbiri investitsiya masalalarini muhokama qilish uchun platforma boʻlibgina qolmay, balki yangi istiqbolli hamkorlik aloqalari oʻrnatishga ham xizmat qildi. Tadbir Oʻzbekistonning sarmoyaviy salohiyati va startap ekotizimni rivojlantirishga tayyorligini muvaffaqiyatli namoyish etdi.

2024-03-20