Toshkentda ilk bor “Uzbekistan-Korea ICT Business Partnership” forumi o‘tkaziladi

26-oktabr kuni “ICT Week Uzbekistan 2023”  haftaligi doirasida koreyalik hamkorlar,  “KOICA”, “NIPA”, “UNIDO Korea” va “KOIIA” bilan hamkorlikda birinchi “Uzbekistan-Korea ICT Business Partnership” forumi bo‘lib o‘tadi.

Biznes-forum doirasida yigirmadan ortiq koreya IT-kompaniyalar bilan qator B2B uchrashuvlar o’tkaziladi.

Forum mahalliy IT-kompaniyalarga koreyalik hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va yangi loyihalarni boshlash imkoniyatini taqdim etadi.

Tadbirda asosiy spikerlar sifatida “UNIDO Korea” direktori janob Maeng-ho Shin  va Gyeongbuk texnoparkining Xalqaro hamkorlik hamkorlik markazi direktori Yangjin Kim nutq so’zlaydilar. 

Bunda ishtirokchilar globallashuv jarayonida AKT sohasining hal qiluvchi roli, innovatsiyalar va iqtisodiy o'sishni ta'minlash yo’lida birgalikdagi sa’y-harakatlarning natijalari haqida fikr yuritadilar.

Bundan tashqari, tadbir davomida “beSUCCESS Media Group” asoschisi va bosh direktori Jeyms Yung “Qanday qilib O‘zbekiston kompaniyalari Koreya sarmoyasini jalb qilishi va yirik Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik qilishi mumkin?” mavzusida taqdimot o’tkazadi.

Shu bilan birga, B2B uchrashuvlar doirasida mahalliy va koreya IT-kompaniyalari O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik salohiyati, har ikki davlatning texnologik taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha umumiy qarashlar va maqsadlarga erishish uchun o‘zaro hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha muzokaralar olib boradilar. 

2023-10-23