Toshkentda respublika IT olimpiadasi bo‘lib o‘tdi!

Joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktabda O‘zbekistondagi 14 ta IT maktabning 6-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida IT olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.



IT olimpiadasi O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasini ommalashtirish, ularning ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, ushbu sohadagi o‘quvchilar salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.


Quyidagi viloyatlardan kelgan o‘quvchilar ishtirok etishdi: Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Guliston, Termiz, Farg‘ona, Urganch va Toshkent shahri. Barcha viloyatlardan jami 770 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.




Ta’kidlash joizki, olimpiadaning birinchi bosqichida ishtirok etgan o‘quvchilar soni bo‘yicha Navoiy viloyati yetakchilik qildi, xususan, 6-8-sinflar orasida o‘tkazilgan “Computer Science” va “IT beshkurashi”  yo‘nalishlari bo‘yicha 50 ta ishtirokchi, 9-11-sinflar orasida o‘tkazilgan “Sport dasturlash” yo‘nalishi bo‘yicha 50 ta va “IT beshkurashi” bo‘yicha 50 nafar ishtirokchi. Jami Navoiy viloyatidan 125 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Maktab o‘quvchilar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rin Namangan viloyatiga tegishli. Olimpiadaning birinchi bosqichida 95 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ulardan 42 nafari – “Computer Science” yo‘nalishi bo‘yicha (6-8-sinflar), 42 nafari – “IT beshkurashi” yo‘nalishi bo‘yicha (6-8-sinflar), 5 nafari – “Sport dasturlash” yo‘nalishi bo‘yicha (9-11-sinflar) va 6 nafari – “IT-beshkurashi” yo‘nalishi bo‘yicha (9-11 sinflar).
Uchinchi o‘rinda Jizzax viloyati joylashgan bo‘lib, unda ishtirokchilarning umumiy soni 79 nafarni tashkil etadi.

Ulardan 25 nafari – “Computer Scienceyonalishi boyicha (6-8-sinflar), 25 nafari- “IT beshkurashiyonalishi boyicha (6-8-sinflar), 4 nafari – “Sport dasturlashyonalishi boyicha (9-11-sinflar) va 25 nafari – ‘IT beshkurashiyonalishi boyicha (9-11-sinflar).


Olimpiadaning birinchi bosqichi yuqorida aytib o‘tilgan barcha hududlarda 2021-yil 20-may kuni boshlandi. Besh kun davomida ixtisoslashtirilgan IT maktablar belgilangan hududlarda olimpiada o‘tkazdi. Bir oy o‘tib, 2021-yil 20-iyun birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha ishtirokchilar Toshkentda bo‘lib o‘tgan Respublika bosqichida ishtirok etishdi.


Toshkentda olimpiada ishtirokchilari yotoqxonaga joylashtirildi. Barcha xarajatlar, shu jumladan ovqatlanish va transport xarajatlari IT Park tomonidan qoplandi.


Barcha viloyatlardan 54 nafar maktab o‘quvchilari final bosqichiga yo‘l olishdi. Joriy yilning 21-iyun sanasida barcha ishtirokchilar olimpiada doirasida o‘z vazifalarini bajarishga kirishdilar. Bir necha soat davomida maktab o‘quvchilari olimpiadadan muvaffaqiyatli o‘tish hamda g‘oliblik unvonini qo‘lga kiritish uchun qo‘llaridan kelguncha harakat qilishdi.


Olimpiada yakunida ishtirokchilar IT Park’ga tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida yosh mehmonlarimizga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida ular tashkilot faoliyati bilan tanishib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Ekskursiya davomida IT Park direktori Farhod Ibragimov maktab o‘quvchilari bilan muloqot qildi va axborot texnologiyalari sohasini o‘rganishning qanchalik muhim ekanligini ta’kidladi. Qolaversa, IT Park direktori bunyod etilayotgan bo‘lajak IT kompleksi aynan ular uchun, ya’ni yoshlar uchun qurilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Sababi ular yaxshi IT mutaxassisi bo‘lgandan so‘ng, ushbu IT kompleks hududida o‘z faoliyatini yuritishlari, o‘z vakolatxonalarini va IT kompaniyalarini ochishlari hamda IT Park rezidentiga aylanishlari mumkin.

Keyin, IT Park xodimlari maktab o‘quvchilarini IT Park rezidenti “Revotech” kompaniyasi ofisiga olib bordi va ularni kompaniya faoliyati, kompaniya xodimlari bilan tanishtirdi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va ularga javob olishdi.

Kun oxirida IT olimpiadasi ishtirokchilari uchun uzoq kutilgan voqea, ya’ni taqdirlash marosimi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida bo‘lib o‘tdi.

Natijada, quyidagi ishtirokchilar respublika IT olimpiadasi g‘oliblariga aylanishdi:

Computer Science (6-8-sinflar)

1-o‘rin - Navoiy shahridagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quvchisi Erkinov Samir;

2-o‘rin - Urganch shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quvchisi Maxmudov Anvarbek;

3-o‘rin - Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quvchisi Riskiev Asadbek.

IT beshkurashi (6-8-sinflar)

1-o‘rin - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi o‘quvchisi Abdunazarov Yaxyo;

2-o‘rin - Navoiy shahridagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quvchisi Bahromov Asilbek;

3-o‘rin - Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quchisi Shorsov Fozil.

Sport dasturlash (9-11-sinflar)

1-o‘rin - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi o‘quvchisi Muhammadov Muhammadjon.

Muhim:

Ushbu yo‘nalishda faqat bitta g‘olib aniqlandi, chunki ushbu yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etgan boshqa ishtirokchilar sovrinli o‘rin uchun yetarli miqdorda ball to‘play olmadi.

IT beshkurashi (9-11-sinflar)

1-o‘rin - Navoiy shahridagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quvchisi Bahromov Shoxjaxon;

2-o‘rin - Toshkent shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab o‘quvchisi Ikromova Ozodaxon;

3-o‘rin - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi o‘quvchisi Zokirov Jasurbek.



G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlandi:

1-o‘rin - Noutbuk;

2-o‘rin - Aqlli soat;

3-orin – Air pods.



Taqdirlash marosimida IT Park direktorining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Rajabov, Xalq ta’limi vazirligi vakili Sarvar Butanov, shuningdek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimi davomida Jahongir Rajabov barcha maktab o‘quvchilariga axborot texnologiyalari sohasiga bildirgan qiziqishlari va olimpiadada ishtirok etganlari uchun oz minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, maktab o'quvchilariga qanday natijaga erishganliklariga qaramay, taslim bo‘lmasliklarini, ushbu sohada rivojlanishni davom ettirihlarini va kelgusi olimpiadalarda ishtirok etishlarini maslahat berdi.
 

IT olimpiadasi avvalo yoshlarning axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan potensialini ochib berdi. Maktab o‘quvchilarining ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishi ham bironta tashkilotchini befarq qoldirmadi. Ushbu olimpiadada 770 nafardan ziyod maktab o‘quvchilari faol ishtirok etishdi va bu, albatta, ilk bor o‘tkazilgan olimpiada uchun yaxshi ko‘rsatkichdir. Bu IT Park tomonidan tashkillashtirilgan birinchi, ammo so‘nggi IT olimpiadasi emas. Kelgusida ularning ko‘lamini oshirib, boshqa IT olimpiadalari va tanlovlarini tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz.


Ma’lumot o‘rnida:

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 14 ta ixtisoslashtirilgan IT-maktab mavjud bo‘lib, ular tarkibiga quyidagi maktablar kiradi:

1. Nukusdagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

2. Andijondagi 18-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

3. Buxorodagi 7-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

4. Jizzaxdagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

5. Qarshidagi 32-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

6. Navoiydagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

7. Namangandagi 86-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

8. Samarqanddagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

9. Gulistondagi chet tilida o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan IT-internat;

10. Termizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

11. O‘rtachirchiq tumani 3-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

12. Farg‘onadagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

13. Urganchdagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab;

14. Toshkent shahridagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktab.



 

 

2021-06-23